Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: tadqiqot qo`lyozma
manbalar, yurtimizga tashrif buyurgan rus va yevropalik sayyoh va elchilarning
esdaliklari va asarlarida XVI-XIX asrlardagi Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklari
tarixiga oid ma`lumotlarning muomalaga kiritilishi, O`rta Osiyoning ko`rilayotgan
davr tarixiga oid sohalarni yangi ma`lumotlar bilan boyitishi bilan e`tiborga molik.
Tadqiqot materiallaridan O`rta Osiyoning xonliklar davri tarixini o`rganishda,
shuningdek, O`zbekiston tarixi hamda o`lkashunoslik, muzeyshunoslik fanlaridan
o`quv-uslubiy qo`llanmalar va ma`ruzalar tayyorlashda, amaliy mashg`ulotlar olib
borishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |