Andijon davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/66
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#248292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
tibbiyotda ishlatiladigan osimlik moddalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash

Taklif   va  mulohazalar …………………………………………...…………...79 

Xulosa ……………………………………..…...………………………………...80 

Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………..81 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 



 

SO‘Z BOSHI 

 

Prezidentimiz I.A.Karimov ―Sog‗lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog‗lom 

naslni,  nafaqat  jismonan  baquvvat,  shu  bilan  birga,  ruhi,  fikri  sog‗lom,  iymon–e`tiqodi  butun, 

bilimli, ma`naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman‖ – degan edilar [1]. 

Bu so‗zlarining isboti sifatida, yurtboshimiz  I.A.Karimov  tomonidan   2014 yil  ― Sog‘lom bola 

―  yili  deb e‘lon qilinishi, o‘sib kelayotgan yosh avlod  haqida g‘amxo‘rlik Respublikamizning 

asosiy maqsadiga  aylanganligini yana  bir  bor tasdiqlamoqda. 

Farmakognoziya grekcha Pharmacon - zahar, dori, gnosis - bilim so‘zidan olingan bo‘lib, 

asosan  dorivor  o‘simliklardan,  qisman  hayvonlardan  olinadigan  dorivor  mahsulotlarni 

o‘rgatadigan fandir. 

Farmakognoziya  tibbiyot  fani  bilan  uzviy  bog‘langan  bo‘lib,  insoniyat  taraqqiyotida, 

uning  salomatligini  saqlash,  mustahkamlashda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  bo‘lib,  XIX  asrda 

boshqa fanlardan alohida fan bo‘lib ajralib chiqqandir. Shundan keyin bu juda tezlikda rivojlana 

boshladi va bu sohada dunyoga mashhur qator olimlar yetishib chiqdilar. 

Farmakognoziya tarixi ilm-fan taraqqiy topgan davrdan boshlangan. 

Ayrim  dorivor  o‘simliklarni  ekish  va  ulardan  shifobaxsh  dorilar  olish  juda  qadimdan 

ma'lum  bo‘lgan.  Masalan,  Misrda  kanakunjut  ekish  eramizdan  2000  yil  avval  ham  ma'lum 

bo‘lgan. 

Fanni  rivojlanishida  mashhur  vrach  Gippokrat,  Aristotel,  Teofrast,  farmakognoziya 

asoschisi Dioskorid va boshqalarni xizmatlari benihoya kattadir. 

Dioskoridning lotin tiliga tarjima qilingan ―Materia medica‖ nomli mashhur kitobida juda 

ko‘p  dorivor  o‘simliklar  tasvirlangan  bo‘lib,  YYevropa  olimlari  uchun  XVI  asrga  qadar 

qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. 

Dorivor o‘simliklar bilan bemorlarni davolash ko‘xna Xindistonda ham keng rivojlangan 

edi.  Masalan,  vrach  Sushruta  yozgan  ―Yajur  -  veda‖  (Hayot  haqidagi  fan)  kitobida  700  xil 

dorivor o‘simlik bayon etilgan bo‘lib, bu kitob o‘zining qimmatini hozirgacha yo‘qotgani yo‘q. 

O‘rta  Osiyoda  ham  dorivor  o‘simliklar  va  ulardan  olingan  dorilar  bilan  davolashda 

Buxorolik Ibn Sino, Xorazmlik Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalar katta xissa qo‘shdilar. 

Abu  Rayxon  Beruniyni  ―As-savdana‖,  ya'ni  ―Tabobatda  dorishunoslik‖  asarida  sharqda 

qo‘llanilayotgan dorivor o‘simliklardan 750 tasini tasvirlagan. 

Ibn Sinoning 1020-yili bosilib chiqqan 5 tomli ―Al - qonun‖ (tibbiyot qonunlari) asarida 

400 dan oshiq dorivor o‘simlik va mineral moddalardan 811 tasi tasvirlangan. 

XIII  asrda  birinchi  marta  arab  farmakopeyasi  ―Karabadini‖  va  shunga  o‘xshash  bir 

qancha kitoblar bosilib chiqqan. Birinchi dorixonalar ham shu vaqtlarda ochilgan. 




 

 



 

1620-yilda  dorixonalar  va  vrachlar  ishini  boshqaradigan  idora  -  Aptekarskiy  prikaz 

tashkil  etildi.  XVII  asrning  oxirlarida  rus  tilida  yozilgan  dorilar  to‘g‘risidagi  birinchi  kitoblar 

bosilib chiqdi. 

Dorivor  o‘simliklarni  topish,  undan  biologik  faol  moddalarni  ajratib  olish,  kimyoviy 

tomondan  o‘rganish  uning  farmakologik  ta'sirini  aniqlab  tibbiyotga  joriy  qilishda 

akademiklardan  O.S.Sodiqov  va  S.Yu.Yunusovlar  va  ularning  shogirdlarining  xizmatlari  juda 

katta bo‘lib butun dunyoga mashhurdir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 



 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling