Angishvonagul o’simligining bargi
Folium Digitalis
Osimlikning nomi.
1.Qizil angishvonagul - Digitalis purpurea Z.
2.Yirik gulli angishvonagul - Digitalis grandiflora Mill.
3. Kiprikli angishvonagul - Digitalis ciliata Frautv.
4. Malla angishvonagul - Digitalis ferruginea Z.
5. Sertukli angishvonagul) - Digitalis lanata Enrb.
Oilasi: Sigirquyruqdoshlar– Scrophulariaceae.
Mahsulotni tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot angishvonagul o‘simligining quritilgan
bargidan tashkil topgan.Angishvonagul o‘simligi turlarining bargi asosan bir-biridan barg
plastinkasining shakli, sertukligi yoki tukliligi, tomirlarining taraqqiy qilishi hamda
plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi. Mahsulot hidsiz va yoqimsiz achchiq mazaga ega.
Mahsulotni mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan barg plastinkasining
tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi.
Qizil va yirik gulli angishvonagul barglarining epidermis hujayralari egri-bugri devorli
bo‘ladi. Ustunchalari bargning yuqori epidermisidan ko‘ra pastki epidermisda ko‘p uchraydi.
Tuklari asosan bargning pastki epidermisida joylashgan. Ular 2 xil bo‘ladi: oddiy va boshchali
tuklar. Oddiy tuklar uzun, 3-5 hujayrali, bir oz so‘galli, hujayra devori juda yupqa bo‘ladi va
ba‘zan ayrim hujayralari to‘lib qolgani uchun u yerdagi devorlari bir-biriga tortilib birlashgan
holda ko‘rinadi. Boshchali tuklari mayda, ular ikki hujayrali boshchadan va 1 hujayrali kalta
oyoqchadan tashkil topgan bo‘lib, ustidan qaraganda 8 raqami shaklini eslatadi. Ba‘zan
boshchasi bir hujayrali va oyoqchasi ko‘p hujayrali tuklari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |