40
glikozidlari bo‘ladi. Qizil angishvonagul osimligining bargida purpureaglikozid A,
purpureaglikozid B, 0,25-0,3 digitoksin, gitoksin, 0,11% gitaloksin, glyukogitaloksin, gitoran va
boshqa yurak glikozidlari bor.
Purpureaglikozid A fermenti ta‘sirida glyukoza va digitoksin glikozidga, digitoksin esa
kislota ta‘sirida 3 molekula digitoksozaga va digitoksigenin aglikoniga parchalanadi.
O
OH
CH
3
OH
CH
3
O
O
(C
18
H
31
O
9
)
H
H
Saxarinli qismi = (D - digitoksoza - H
2
O)
3
O
OH
CH
3
OH
CH
3
O
O
(C
18
H
31
O
9
)
H
H
H
OH
Gitoksin
Ishlatilishi. Angishvonagul o‘simliklarining preparatlari yurak porogi hamda yurak
kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon aylanishining 2 va 3- darajali buzilishini, gipertoniya
va yurakning tebranuvchi aretmiyasini davolashda ishlatiladi.
Angishvonagul o‘simliginig bargi, glikozidlari, shuningdek, bargdan tayyorlangan
preparatlar kumulyatsiya ta‘siriga, ya‘ni organizmda to‘planib qolib, so‘ngra ta‘sir qilish
xususiyatiga ega. Shuning uchun angishvonagul o‘simliklari preparatlari yurakka ta‘sir etuvchi
boshqa preparatlar bilan birga navbatma-navbat ishlatilishi lozim [17].