Andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Download 341.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana27.01.2023
Hajmi341.31 Kb.
#1129593
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“BUXORO AMIRLIGIDA NASRULLOXON (1826-1860 YILLAR)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
TARIX FAKULTETI 
 
TARIX YO‘NALISHI 3-BOSQICH 303-GURUH TALABASI 
ABDUSATTOROV TO’LQINBEKNING 
“O’ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI” FANIDAN
 
 
 
“BUXORO AMIRLIGIDA NASRULLOXON (1826-1860 YILLAR) 
FAOLIYATI, BOSHQARUVI VA ISLOHATLARI” 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
 
 
 
 
 
 
ANDIJON – 2022 
 
 



I. Kirish 
II. Asosiy qism 
1. Amir Nasrullohxon shaxsining tarixiy manbalar va adabiyotlardagi talqini 
2. Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlari 
3. Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 
III. Xulosa 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar 



Kirish 
 
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida jamiyatimiz hayotining barcha 
sohalarida bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yo‘nalishlarda ham milliy 
o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma’lum sahifalarini qaytadan 
o‘rganish, 
asossiz 
ravishda 
unutilgan 
davlat 
arboblarimiz 
hamda 
mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ijodiy merosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlarga 
keng yo‘l ochildi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosida 
davlat va huquq masalalariga bag‘ishlangan asarlar salmoqli o‘rinni egallaydi. 
Ushbu merosni o‘rganish, ilmiy tahlil qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan 
biridir.
Bu masalada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi: 
“Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob 
xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini 
bosib-yanchib, qing’ir o’zanga solishga kirishdilar”
1
. Darhaqiqat, bugungi kunga 
kelib, o‘zbek milliy davlatchiligi tarixini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq 
etish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Respublikamiz birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. 
Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur”
2

O‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida 
tarkib topgan nazariy tajribalarini zamonaviy, demokratik qadriyatlar bilan 
uyg‘unlashtirish va jamiyatimiz turmushida ulardan yanada kengroq va samaraliroq 
foydalanish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Shu bois, xalqimizning boy 
ilmiy-ma’naviy merosini, xususan milliy davlatchiligimiz tarixida o‘ziga xos davr 
hisoblangan Amir Nasrullohxonning Buxoro amirligi ichki va tashqi siyosatida 
tutgan o’rnini o’rganishni milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda 
o‘rganishga, hozirgi kunda O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan eng muhim 
masalalaridan biri sifatida qaralmoqda.
Shu bois, Buxoro amirligi tashkil topishi davridagi ijtimoiy – siyosiy shart-
sharoitlar, Buxoro amirligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Buxoro 
amirligi markaziy va mahalliy boshqaruv amirlikda amalga oshirilgan tashqi siyosiy 
va diplomatik munosabatlar, Amir Nasrulloning harbiy, boshqaruv, diplomatik 
aloqalari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, manbalarga tayangan holda muayyan 
darajada tadqiq etishga harakat qilindi. 

Download 341.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling