Andijon davlat universiteti tarix fakulteti
Download 341.31 Kb. Pdf ko'rish
|
“BUXORO AMIRLIGIDA NASRULLOXON (1826-1860 YILLAR)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlari
13 2. Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlari Buxoro amirligi Buxoro davlatining zaiflashib qolganligidan foydalangan Eron shohi Nodirshoh XVII asrning 30-40-yillarida Buxoro xonligiga yurish qiladi. Nodirshoh Buxoro xonligida katta mavqega ega bo’lgan mang’it urug’idan chiqqan otaliq Muhammad Hakimbiy bilan shartnoma tuzadi va u Buxoro xonligining oliy hukmdori deb tan olinadi. Abulfayzxon amalda hokimiyatdan chetlatib qo’yiladi, Hakimbiy Buxoroning to’la vakolatli hokimi etib tayinlanadi. 1743 yilda Hakimbiy, uning o’g’li Muhammad Rahim Nodirshoh xizmatiga kiradi. Nodirshoh 1747 yilda vafot etgach, Muhammad Rahim hokimiyatni o’z qo’liga olishga kirishadi 1 . Buxoro xonligida katta nufuzga ega bo’lgan mang’it qabilasining vakili Muhammad Rahim 1747 yilda Abulfayzxonni, so’ngra rasman xon deb (soxta xon) e’lon qilingan uning o’g’illari Abdulmo’min va Ubaydullo sultonlarni o’ldirib, hokimiyatni o’z qo’liga oladi. Muhammad Rahim 1756 yilda taxtga o’tirib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qiladi va hokimiyatni mustaqil idora qiladi, Mang’itlar sulolasiga asos soladi. Shundan e’tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Amirlikda hokimiyat 1920 yilgacha Mang’itlar sulolasi qo’lida bo’ldi. Muhammad Rahim xukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo’lgan hokimlar tan olmadilar. Amir mang’itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig’ib, ulardan markaziy hokimiyatga bo’ysunishni talab qildi, aks holda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirdi 2 . Viloyatlardagi ko’pgina hokimlar, bebosh amaldorlar hokimiyatdan chetlashtirilib, er-mulki tortib olinib boshqa joylarga ko’chirildi. Ular o’rniga amir qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o’z qarorgohini maxsus qurdirgan Arkka ko’chirdi. O’zboshimcha beklarni Arkka chaqirib qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko’pgina bekliklarga - Samarqand, Jizzax, O’ratepa, Xisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar qildi, ko’pgina viloyatlar vayron bo’ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi qo’zg’olonini bostirib, ularning xarbiy istehkomlarini buzib tashlab, o’zlarini Buxoro tumaniga ko’chirdi. Miyonqal’a qipchoqlariga hujum qilib, istexkomlarini buzib tashlaydi, yo’lboshchilarini qatl etib, qolganlarini ko’chirib yuboradi. Muhammad Rahim vafotidan keyin o’zaro urushlar yanada kuchaydi. Viloyat hukmdorlari mang’itlarning markaziy hokimiyatiga qarshi qo’zg’olonlar ko’tardi. Kenagas, yuz, baxrin, burgut, saroy qabilalarining qo’zg’olonlari, xokimiyatga o’tirgan Doniyolbiyning ularni bostirish uchun qilgan urushlari minglab odamlarning yostig’ini quritdi. Doniyolbiy qo’shinlar xarajati uchun 1 Маннонов Б. Ўзбек дипломатияси тарихи. – Тошкент: ЖИДУ, 2003. 85-б 2 Бобоев Ҳ., Ғофуров З. Ўзбекистонда сиёсий ва маънавий-маърифий таълимотлар тараққиёти. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2001. 90-б 14 qo’shimcha soliqlar joriy etib aholi noroziligini oshirdi. Buxoro hunarmandlari va tijorat ahli 1784 yilda qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’olonni bostirish jarayonida minglab odamlar qurbon bo’ldi. Amir Ma’sum («begunoh amir») deb nom olgan Shohmurod (1785-1800 yillar) tarqoqlikka qarshi kurashni davom ettirdi. Amir Shohmurod boshqaruv tartibini o’zgartirish, amaldorlar tarkibini yangilash choralarini ko’rdi. Amir ikki yirik davlat arbobi - Davlat qushbegi bilan Nizomiddin qozikalonni saroy, qo’shin va boshqa sohadagi amaldorlar huzurida o’z qo’li bilan o’ldirdi. Soliqlarni tartibga soldi. Buxoro aholisiga tarxan yorlig’ini topshirdi. Unga binoan aholi savdo daromadidan boj to’lashdan, hunarmandlar pul yig’imidan, majburiy mehnat va soliqlardan ozod etildi.Shunigdek, xiroj, nikoh puli, tarozi haqi va boshqa yig’imlar miqdori kamaytirildi. Shohmurod davrida Buxoro amirligi nisbatan mustahkamlangan bo’lsada, o’zaro urushlar to’xtamadi. G’arbiy chegaralarda esa Xiva xoni qo’shinlari xujumga o’tar, ekinzor va bog’lar payhon qilinar, qishloqlar vayron bo’lar, odamlar va chorva mollar haydab ketilar edi. Tarixga Xoni shahid (Shahid xon) nomi bilan kirgan mang‘itlar sulolasining yettinchi hukmdori Amir Nasrulloh Bahodurxon 1806 yil 1 iyunda Buxoro shahrida Amir Haydarning xonadonida ikkinchi o‘g‘il sifatida dunyoga keldi. Bu haqda mashhur alloma Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” asarida yozib o‘tgan. (Ba’zi tarixchilar Amir Nasrullohning tavallud sanasi to‘g‘risida boshqacha ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Ularning ifkricha, Amir Nasrulloh 63 yoshida 1860 yili vafot etgan. Demak, ularning yozganlaridan Amir Nasrulloh taxminan 1797 yilda tug‘ilganligi anglashiladi. Biroq, u Amir Haydar xonadonida ikkinchi o‘g‘il ekanligini e’tiborga olsak, Ahmad Donishning yozgan fikri haqiqatga ancha yaqinroq. Biz hozircha tarixiy adabiyotlarda Amir Nasrulloh tug‘ilgan sana sifatida 1806 yil qolishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Nasrullohxonning ma’naviy kamolotga erishuvida Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lgan mashhur shayx Muhammad Husayn Alaviy Buxoriy (1785-1870) muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik Nasrulloh o‘zining piri hisoblagan bu shayxni Romitan tumanidagi Qori Kamol qishlog‘idan Buxoro shahriga ko‘chirib keltirib, unga shayx Habibulloh xonaqosijan maxsus hujra ajratib bergan va nafaqa tayinlagan. Bu ma’lumotlarni tarixchi olim Muhammad Nasriddin Hanafiy Hasaniy Buxoriy (Amir Muzaffarning o‘g‘li) o‘zining 1910 yili Yangi Buxoroda nashr etilgan “Tuhfat az-zoirin” (“Ziyoratchilarga tuhfa”) asarida keltirib o‘tadi. Nasrullohxon otasi Amir Haydar hamda birodarlari Husayn va Umarxonlarning hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar vafoti (1826 yil 6 oktabr) dan so‘ng hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda birodarlari Amir Husayn (1797-1826) va Amir Umarxon (1810-1829) hamda boshqa ukalari ustidan g‘olib kelib, 1827 yil aprel oyining boshlarida 21 yoshida Buxoro amirligi taxtiga o‘tirdi. Amir Nasrullohxon Buxoro amirligi taxtiga o‘tirgan mang‘itlar sulolasining yettinchi hukmdori bo‘ldi. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim 15 Somiyning fikricha, Buxoroamirligi taxtini egallashda Nasrullohxonga otasining vaziri bo‘lgan Muhammad Hakimbiy Qushbegi katta yordam ko‘rsatgan. U Buxoroni qamal qilib turgan Nasrullohxon qo‘shinlariga shahar darvozasini ochib beradi 1 . XIX asr 20-yillarida Buxoroda yuz bergan siyosiy voqealarning bevosita ishtirokchisi, hokimiyat uchun kurashda Amir Haydarning har uchala o‘g‘liga navbati bilan yordam bergan va uchala hukmdorning ham xizmatida ozmi-ko‘pmi muddat bo‘lgan munshiy va tarixchi Mirzo Shams Buxoriy (1804-taxminan 1865) keyinchalik yozgan “Buxoro, Qo‘qon va Qoshg‘arning ayrim voqea-hodisalari bayoni” nomli asarida (bu asarning so‘nggi qismi 1861 yil sharqshunos V.Grigoryev tomonidan Qozonda nashr etilgan) Amir Nasrullohning hokimiyat uchun kurashini tasvirlab, o‘sha paytda Buxoroda ko‘p qon to‘kilganligini yozadi. Mirzo Shams Buxoriyning fikricha, Buxoro shahrini egallash va Umarxonni hokimiyatdan ag‘darib tashlash jarayonida 7-8 ming kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Amir Nasrulloh o‘z hukmronligining dastlabki oylarida har kuni 50-100 kishini qatl qilib turgan, natijada ko‘plab kishilar Shahrisabz va boshqa joylarga qochib ketgan. Mirzo Shams Buxoriyning o‘zi ham bu paytda muayyan muddat Amir Nasrulloh xizmatida bo‘lganligi, biroq keyinchalik Shahrisabzga borib, u yerda 11 oy yashagach, so‘ngra Qo‘qonga-badarg‘alikda yurgan sobiq amir Umarxon huzuriga borganligi inobatga olinadigan bo‘lsa, u Amir Nasrullohga muxolifatda bo‘lib, uning faoliyatini haddan tashqari qora bo‘yoqlarda tasvirlanganligining sabablari oydinlashadi. Keyingi davr tarixchilari va sayohatchilarining Amir Nasrulloh haqidagi fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Nasrulloh o‘zining barcha potensial raqiblarini qisqa muddat mobaynida yo‘qotgan yohud ularni Buxorodan badarg‘a qilgan. Ushbu fikrga e’tiroz bildirish qiyin. Biroq, u har kuni Buxoroda 50-100 kishining qonini to‘kkanligi esa mubolag‘adan boshqa narsa emas. Chor Rossiyasi butun Sibirni bosib olib, qozoq va qirg’izlar yashovchi hududlar - kichik juz, o’rta juz va katta juzni o’ziga bo’ysundirib, endi O’rta Osiyoga siljib kelmoqda edi. Rossiya bilan Qo’qon xonligi bevosita chegaradosh bo’lib qolgan edi. Rus hukumatining Qo’qon xonligiga tazyiqi xonlikning qozoq va qirg’izlarga nisbatan ta’sir doirasini qirqish siyosati va amaliyotida yaqqol ko’rinmoqda edi. Bu yovuz niyatni barcha o’zbek xonlari tushunardi, ammo ojizligi tufayli tajovuzni bartaraf etish bo’yicha taqozo etgan darajada tadbir topolmadilar. Vaziyat uchchala xonlikning birlashib dushmanni daf etish yo’lidan borishini talab qilardi. Amalda esa buning aksi bo’ldi, ular birlashish o’rniga o’zaro kurashni avj oldirdilar. Xususan, Qo’qon xonligida notinchlik, xokimiyat uchun ichki kurash avj olib ketdi. Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1822-1841) taxtga o’tirgandan boshlab 1834 yilgacha Qorategin, Kulob, Darvoz viloyatiga to’xtovsiz yurishlar qilib, ularni Qo’qon xonligiga bo’ysundirdi. 1826-1831 yillar davomida esa bir 1 Ражабов Қ. Насруллоҳхон. Тошкент, “Абу Матбуот-Консалт”, 2011.-Б. 15 16 necha marta Qoshg’arga bostirib bordi, xitoyliklar bilan urush qildi, ming-minglab kishilarning qirilib ketishga sababchi bo’ldi. Muhammad Alixon o’z atrofidagilarning ta’siriga tushib, hatto o’z otasining eng obro’li a’yonlarini ta’qib qildi, xon hokimiyati bilan mahalliy amaldor- zodagonlar o’rtasida tarkib topgan ittifoqni buzdi. Ularning ayrimlari qatl etildi, surgun qilindi, ba’zilari Buxoroga qochib ketishdi. Omon qolganlar xondan norozi bo’lganlarni o’z atrofiga to’plab, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana boshladilar. Xonning engiltakligi, aysh-ishratga berilishi aholini o’ziga qarshi qilib qo’ydi. Ruhoniylar xonni axloqsizlikda, shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ’ibot olib borishdi. Xondan norozi bo’lganlar 1839 yilda o’z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo xuzuriga yuborib, yordam so’raydi. Bu vaqtda Buxoro amiri bilan Qo’qon xoni o’rtasida Jizzax, O’ratepa va Xo’jand uchun urush borayotgan edi. Amir Nasrullo Qo’qon qo’shinini tor-mor etib, Jizzax, O’ratepa va Xo’jandni o’z tasarrufiga kiritadi. Endi Qo’qon sari otlandi. Ayni paytda, 1841 yilda Muhammad Alixonning zulmiga qarshi Qo’qon shahar aholisi qo’zg’olon ko’tardi. Xon O’rdadan qochib ketdi. Qo’zg’olonchilar talabiga binoan bir necha aybdor shaxslar qatl etildi. Xalq Buxoro amiri Nasrulloning Qo’qonga xujum qilmoqchi bo’lganligini eshitgach qo’zg’olonni to’xtatdilar. Buxoro amiri o’z qo’shinlari bilan Qo’qonga yaqin joylashgan Beshariqqa kelganda Muhammad Alixon elchilar orqali amir Nasrulloga qimmatbaho sovg’alar yuborib, Xo’jandni amirga topshiradi va o’zini Buxoro amirining noibi deb tan oladi. Amir Nasrullo esa Buxoroga qaytib ketadi. O’z taxtini saqlab qolgan Muhammad Alixon o’ziga yoqmagan kishilarni yana ta’qib etish, qatl qilishni davom ettirdi. Poytaxtda yana norozilik kuchayib, qo’zg’olon boshlandi. Nihoyat, 1841 yil noyabr oyida Muhammad Alixon taxtdan voz kechishga majbur bo’ladi va uning ukasi Sulton Mahmud xon bo’ladi. 1842 yili Buxoro amiri Nasrullo Qo’qonga qarshi o’z qo’shinlarini safarbar etdi. Qo’qon qo’shinlari tor-mor etildi. Qo’qon xonligi Buxoro amirligiga bo’ysundirildi. Qo’qonnning taslim bo’lishiga xonlikdagi parokandalik va xalqning o’z hukmdoridan noroziligi sabab bo’ldi. Muhammad Alixon o’z a’yonlari bilan tutib olindi va amir Nasrullo buyrug’iga binoan qatl etildi. Hatto xalqning sevimli shoirasi Nodiraga ham shafqat qilinmadi. Amir Nasrulloning Qo’qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Amirning Qo’qondagi noibi Ibrohim dodxohning Qo’qon xonligi aholisini ilgaridan undirib kelingan soliqlarga qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham majbur qilishi natijasida butun Qo’qon xonligi xududida 1842 yili katta qo’zg’olon ko’tarildi. Uning oqibatida amirning Qo’qondagi noibi va beklari hokimiyati ag’darildi. Buxoro amirligi hokimiyatiga qarshi kurashda Qo’qon aholisining qo’zg’olonini tashkil etgan maxalliy kuchlar Farg’ona vodiysida ko’chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo’qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Taxtga Norbo’tabiyning ukasi Sherali o’tkazildi. Qo’qon xonligi 17 mustaqilligini tiklashda ming qabilasiga katta madad bergan qipchoqlar xonlik siyosiy hayotida katta mavqega ega bo’lib oldilar. Qipchoqlar yo’lboshchisi Musulmonqul qo’shin boshlig’i, bosh vazir, bosh maslahatchi etib tayinlandi. Amalda davlat boshqaruvi ishlari uning qo’lida to’plangan edi. Eng mas’uliyatli davlat ishlari lavozimlariga qipchoq zodagonlari tayinlandi. Qo’qondagi mag’lubiyatga chiday olmagan amir Nasrullo yana Qo’qonga yurish qildi. U Qo’qon shahrini 40 kun qamalda tutdi. Ayni paytda, Xiva xoni Olloqulixon Buxoro amirligiga qarashli Chorjo’yga hujum boshladi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi. 1843 yilda Xazorasp yaqinida Buxoro va Xiva qo’shinlari o’rtasida katta jang bo’ldi. Amir Nasrullo mag’lubiyatga uchradi. Bundan foydalangan Qo’qon xonligi Xo’jand bilan Toshkentni yana o’z tasarrufiga kiritdi. Sheralixon xukmronligi davri aholidan soliq undirish kuchayishi bilan ajralib turadi. Bu hol mehnatkash aholining noroziligini keltirib chiqardi. Bundan tashqari davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar davlat hayotining har bir sohasida o’z hukmronliklarini o’tkazishga, boshqa o’zbek qavmlari, qirg’iz va tojiklarning mamlakat hayotidagi ta’sirini kamaytirishga urindilar 1 . Qipchoqlarning Qo’qonga ko’chib kelishi yanada kuchaydi. Ular mahalliy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo’ravonlik bilan egallab ola boshladilar. Bularning bari xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilikni kuchaytira bordi. Sheralixon bu vaziyatni tushunib etdi va Musulmonquldan qutilish payiga tushdi. Musulmonqul xonning niyatini sezib qoladi va unga qarshi fitna uyushtiradi. Bu fitnani amalga oshirish uchun qulay fursat ham etgan edi. Fitna rejasiga ko’ra, Musulmonqul soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan O’sh aholisining qo’zg’olonini bostirish uchun qo’shin bilan jo’nab ketishi, ayrim siyosiy kuchlarning vaziyatdan foydalanib Samarqandda yashayotgan marhum Qo’qon xoni Olimxonning o’g’li Murodxonni olib kelib Qo’qon taxtiga o’tkazilishi nazarda tutiladi. Qipchoqlardan norozi bo’lgan mahalliy aholining Murodxonni qo’llab-quvvatlashiga Musulmonqul ishonar edi. Musulmonqul O’shdan qaytgach, «davlat to’ntarishida» ishtirok etganlarning barchasini jazolashi, shu yo’l bilan o’zining barcha raqiblaridan qutulmoqchi, qipchoqlarning to’la hukmronligini o’rnatmoqchi edi. Amalda ham shunday bo’lib chiqdi. Bu mash’um niyatdan habari yo’q Murodxon Isfara hokimining taklifiga ko’ra Qo’qonga keladi va taxtga da’vo qiladi. Bu bo’layotgan katta «siyosiy o’yin»ning tagida nima yotganini tushunib etgan Sheralixon Murodxon foydasiga taxtdan voz kechadi. Tez orada Murodxon buyrug’i bilan Sheralixon o’ldiriladi. Musulmonqulga esa o’z lavozimlarida qolganligi haqidagi farmon jo’natiladi. Mash’um niyati amalga osha boshlagan Musulmonqul o’z qo’shinlari bilan 1 Эргашев Б, Идеология национально-освободительного движения е Бухарском эмирате. - Тошкент, 1991. 145-б 18 Namanganga keladi. Avval ishni o’zining 12 yashar qizini marhum Sheralixonning o’g’li Xudoyorxonga nikohlab beradi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan xokimi edi. Shundan so’ng Qo’qonga kelib Murodxon va uni qo’llab quvvatlaganlarni fitnachi sifatida ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni taxtga o’tkazadi. Xudoyorxon yosh bo’lganligi tufayli amalda xonlikni qaynotasi Musulmonqul boshqaradi. Shunday qilib, xonlikda amalda qipchoqlar hukmronligi davri boshlanadi. Endilikda qipchoqlar Qo’qonga yoppasiga ko’chib kela boshladilar, mahalliy aholini shahardan haydab chiqardilar. Ularning uy-joylariga egalik qilib oladilar. Sug’orish inshootlarini qo’lga kiritdilar, aholi endi suv uchun qipchoqlarga soliq to’laydigan bo’ldi. Bularning bari o’z navbatida xonlikda hukmronlarga qarshi qo’zg’olon ko’tarish xavfini tug’dirdi. Bunday vaziyatda Musulmonqul o’z mavqeini yo’qatmaslik yo’lida ruslar bilan aloqa o’rnatishga intiladi va rus qo’mondonligi vakili V.V.Velyaminov - Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashadi. Bu hol Xudoyorxonni qattiq cho’chitib qo’yadi. Ana shunday sharoitda xon birdan-bir to’g’ri yo’lni tanlaydi. Bu yo’l - qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga xotima berish yo’li edi. U shunday qildi ham. Biroq, bu niyat juda shafqatsizlik bilan amalga oshirildi. 1852 yil 9 oktabr - Qurbon hayiti kuni u Toshkentdan chaqirilgan qo’shin bilan qipchoqlar qirg’inini uyushtirdi. Uning bu yo’lini mahalliy aholi qo’llab quvvatladi. Qaynotasi Musulmonqul asir olinib, Qo’qonga keltirildi va qatl etildi. Qipchoqlarning mol - mulklari musodara qilindi, ular mahalliy aholiga sotildi. 1854 yilda qipchoqlar Andijon va Marg’ilonda qo’zg’olon ko’tardi, Buxoro amiri qo’zg’olonchilarga madad berdi. 1855 yilda yana qo’zg’olon ko’tarildi. Toshkent, Chimkent, Turkiston shaharlarida ham qo’zg’olonlar bo’ldi. Musulmonqul hukmronligiga xotima berilgan, qo’zg’olonlar bostirilgan bo’lsada, ichki nizolar bu bilan barham topmadi. Xudoyorxon aholidan soliq yig’ishni kuchaytiradi, aholiga jabr- sitam oshib bordi. Xalqning noroziligidan foydalanib, xonning ukasi Mallaxon qo’shin to’plab, 1858 yilda xon tarafdorlarini tor-mor keltirdi va Qo’qonni egalladi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketdi. Mallaxonga ham fitna tayyorlandi va 1862 yilda Mallaxon o’ldirildi. Shohmurod xon deb e’lon qilindi. Mallaxonning tarafdorlari qatl etildi. Alg’ov-dalg’ov avj olgan bir paytda Toshkent hokimi Qanoat o’z jonini saqlab qolish maqsadida Xudoyorxonni Toshkentga taklif etdi. Xudoyorxon Toshkentga keldi va Buxoro amiri yordamida 1862 yilda Qo’qon taxtini egalladi. Biroq lashkarboshi Alimqul Xudoyorxonga qarshi urush boshladi, Xudoyorxon yana Buxoroga qochishga majbur bo’ldi. Alimqul Mallaxonning o’g’li Sulton Sayidxonni Qo’qon xoni deb e’lon qildi. Ammo bu bilan Qo’qon xonligida siyosiy barqarorlik tarkib topmadi. Xudoyorxon 1865 yilda uchinchi marta taxtni egallaydi. Taxt uchun o’zaro ichki kurashlar avj olib borardi. Bu Rossiya bosqini arafasi va bosqin boshlangan davrda yuz berayotgan edi. Chor Rossiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligida ham zodagonlar 19 va beklarning mol-mulk, taxt, amal talashib o’zaro ziddiyatlari kuchaydi, qirg’inbarot urushlar bo’ldi. 1826-1860 yillarda amirlik qilgan Nasrullo shafqatsiz hukmdor edi. U taxtga chiqqach, o’z yo’lida to’siq bo’lmasin, deb akalari Xusaynni zaharlab o’ldirdi, Umarni qatl ettirdi. Nasrullo taxtni egallashda, unga yordamlashganlarni ham tirik qoldirmadi. Taxtga o’tirgan kunidan boshlab, bir oy davomida har kuni 50-100 kishini qatl qilib turdi. Shu bois amir Nasrulloga «qassob amir» deb laqab qo’yilgan edi. Amir Nasrullo amirlikdagi parokandalikni to’xtatish uchun shafqatsiz urushlar qildi, bo’ysunmagan shahar va qishloq aholisini qilichdan o’tkazardi. Bunga o’zlarini mustaqil deb hisoblovchi Shahrisabz bekligiga qarshi olib borilgan qonli urushlar misol bo’la oladi. Amir Nasrullo Shahrisabzga qarshi 32 marta hujum qilib, oxiri 1856 yilda uni zabt etdi. O’zbek xonliklarining hukmdorlari Rus davlati tajovuzlariga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik qildi. O’zaro urushlar girdobiga botib, katta kuchlarni behuda qurbon qildi, mamlakat boyligini besamar ishlarga sovurdi. Vaqtini aysh-ishrat, kayfu safoda o’tkazdi. Taniqli o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o’zining «O’tgan kunlar» romanida Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so’zlarini bayon etadi. «Maqsadlari juda ochiq... Bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o’rniga o’tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o’ziga qaram qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg’iz o’z manfaati, shaxsiyati yo’lida, bir-birini eb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizga aqlim etmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar va biz bo’lsak o’z qo’limiz bilan kelgusimizni o’ris qo’liga qoldirgan bo’larmiz». Haqiqatdan ham shunday bo’ldi. Turkiston jahon taraqqiyoti jarayonidan tobora chetda qolabordi, ilg’or davlatlardan orqada qoldi. Qoloqlikka bir qator omillar sabab bo’ldi. Xonliklarning asrlar davomida o’zgarmay kelayotgan davlat idora usuli, tor doiradagi hukmdorlar zulmi taraqqiyotga g’ov bo’lib qolgan edi.Asrlar davomida bir butun bo’lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan aholining uchga bo’linib ketishi, xonliklar o’rtasidagi urushlar, har bir xonlik ichidagi parokandalik, boshboshdoqlik va o’zaro hokimiyat uchun tinimsiz davom etgan ichki kurash, ig’vo-fasodning avj olishi, o’zaro nizo- janjallar, urushlar viloyat va tumanlarni, qolaversa butun mamlakatni xonavayron qilardi. Xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, etnik nizolar qabilalar ko’chishini keltirib chiqarardi yoki ular zo’rlik bilan yashab turgan joylaridan ko’chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir butun xalq bo’lib qovushishiga, jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni Turkistonni, xalqni birlashtirish g’oyasi ostida 20 uyushtira oladigan yo’lboshchi topilmadi. Aholi xon va beklarning, lavozimdagi amaldorlarning zo’ravonligidan, o’zboshimchaligidan, suiiste’mollaridan, g’ayriqonuniy soliq va to’lovlardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo’lib, aholi iste’mol uchun eng zarur bo’lgan tor doiradagi oddiy buyumlar va mahsulotlar bilan qanoatlanardi. Ishlab chiqarishning faqat iste’molga yo’naltirilganligi iqtisodiyotning o’sishi uchun turtki berolmasdi 1 . Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit berayotgan ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Asosiy boylik bo’lgan erga mulkchilikning eski usuli bir necha asrlardan beri o’zgarmasdan kelardi. Xonliklarda hukmdor erning birdan bir egasi bo’lib, er ishlovchilarga - dehqonlarga xatlab, ijara tarzida biriktirilgan edi. Dehqon er egasi emas, erdan olingan hosilning egasi edi. Shu boisdan dehqon erni asrab avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmasdi, manfaatdor emasdi. Dehqon er egasi bo’lmagani uchun boshqa joylarga ketaverardi. Dehqonchilik nochor ahvolda edi. Erga ishlov berish o’sha-o’sha bir juft xo’kiz, so’qa-omoch darajasida qolib ketgan edi. Irrigatsiya inshootlariga ahamiyat pasayib, sug’oriladigan er maydonlari qisqarib borardi. Xonliklarda sanoat ishlari rivojlanmadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko’mir, neft kabi tabiiy boyliklar to’la bo’lgan konlar bo’lsa-da, ularni izlab topish, qazib olish, kon-tog’ ishlarini yo’lga qo’yishga befarqlik qilindi. O’lkada etarli darajada yirik daryolar bo’lsa-da, ularda baliqchilikni rivojlantirish, kemasozlikni yo’lga qo’yish hech kimning xayoliga kelmasdi. Tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste’mol va qo’shin xarajatlarini zo’rg’a qoplardi, pul, oltin-kumush xon va amaldorlarning xazina to’plash manbai bo’lib qolgan edi, iqtisodiyot rivoji uchun sarflanmasdi, o’lik mol sifatida saqlanardi, kapitalga aylanmasdi. Xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash tarzi davom etardi. O’rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga, yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi. O’zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, iqtisodiy va harbiy nochorlik qo’shni mamlakatlarni o’z tasarrufiga kiritib olish siyosatini jadallashtirayotgan chor Rossiyasiga qo’l keldi. Xonliklardagi parokandalik, o’zaro nizo va urushlar, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylanishiga olib keldi. 1 Муқимов З. Амир Шоҳмурод ислоҳотлари // Ҳаёт ва қонун. – Тошкент, 1995. -№2-3. – Б.27-29. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling