Andijon davlat unversiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Pedogogika va psixologiya yo'nalishi


Download 20 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20 Kb.
#1608364
Bog'liq
2 5469742925648770400 (3)


Andijon davlat unversiteti Ijtimoiy iqtisodiyot
fakulteti Pedogogika va psixologiya yo'nalishi
402-guruh talabasi G‘ulomova Shukrona Qo‘rg‘ontepa tumani 25-maktabda o'tagan amaliyot davridagi

HISOBOTI
Men G‘ulomova Shjkrona Qo‘rg‘ontepa tumani 25-maktabga 27-fevraldan 3-iyungacha bo'lgan malakaviy amaliyot o'tash uchun keldim. Amaliyot o'tash davrimda bilimimni, psixologik ko'nikma va malakalarimni, iqtidorimni va pedagogik mahoratimni namoyon etishga harakat qildim.
Amaliyotimni birinchi haftaligini o'tash davrida maktab jamoasi, rahbariyat o''qituvchilar hamda o'quvchilar bilan tanishdim. O'qituvchilarning darslarini kuzatdim. Pedagog o'qituvchilar bilan birgalikda o'quvchilar uchun psixologik treninglar tashkil etdik. Dars jarayonida turli xil metodikalardan foydalanish to'g'risida ustozlar bilan suhbatlar o'tkazdim. Maktab faollari bilan ham turli xil tadbirlar tashkil etdik. Keyingi haftadan boshlab 4-9-sinf o'quvchilari bilan diqqat ko'lami, barqarorligi va ko'chubchanligini aniqlovchi testlar, xotirani va diqqatni rivojlantiruvchi treninglar o'tkazdim. Amaliyot davomida 10-11-sinflar o'rtasida psixologik treninglar, test va so'rovnomalar tashkil qildim. Darslarni noan'anaviy hozirgi talablarga mos ravishda pedagogik metodlardan foydalanib o'tishga harakat qildim. Darsdan tashqari qo'shimcha mashg'ulotlar olib bordim. Darsdan so'ng "yosh psixologlar" to'garagida psixologiya faniga qiziquvchi o'quvchilar bilan treninglar va qiziqarli suhbatlar o'tkazdim. Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan 9-sinf o'quvchilari bilan texnikumlarga sayoxatlar uyushtirdim.
Amaliyot o'tash davrida psixolog va pedagog o'qituvchilarning ish xujjatlari bilan to'liq tanishdim va tahlil qilib o'rganib chiqdim. Amaliyot davrim juda yaxshi o'tdi.


Maktab psixologi : M.Odilova
Amaliyotchi talaba : Sh.G‘ulomova
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling