Andijon davlat unversiteti
Download 140 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar: _______________________________ Andijon 2022
- ILG’OR NOVATOR- PEDAGOGLARNING ISH TAJRIBASINI O’RGANISH, VA ULARNING TA`LIMDAGI O`RNI
O’ZBEKISTON RESPUBILKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI SIRTQI TA’LIMI PEDAGOGIKA-PSIXOLIGIYA YO’NALISHI 4- KURS 405 -GURUH TALABASI _________________________________________________________ PEDAGOGIKA FANINI O`QITISH METODIKASI FANIDAN KURS ISHI Ilmiy rahbar: _______________________________ Andijon 2022 MAVZU: TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O`QITUVCHINING PEDAGOGIK O`RNI REJA I. KIRISH. II.ASOSIY QISM: O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATI TAJRIBASIDA TA’LIM METODLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI PEDAGOG KADRLARGA QO’YILADIGAN KASBIY TALABLARPEDAGOGIK FAOLIYAT VA UNING TARKIBIY TUZILMASI ILG’OR NOVATOR- PEDAGOGLARNING ISH TAJRIBASINI O’RGANISH, VA ULARNING TA`LIMDAGI O`RNI III. XULOSA. IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilgi Parlamentga Murojaatida “nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyatni rivojlantirish”ga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda o‘qituvchining pedagogik mahorati, ilg‘or tajribalari muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘qituvchi ilm-ma’rifatli kadrlar tayyorlash, o‘quvchilarni turli sohalarga yo‘naltirish, uzluksiz ta’lim jarayonlarida islohotlarni amalga oshirish, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash, xorijdagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish, ta’lim jarayonini yangilash, o‘qitish metodikasi, shakl va metodlarini qo‘llashda ilm-ma’rifatga asoslanish kabilarni amalga oshirishga mas’ul shaxs hisoblanadi. 2020-yilning “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etadi. Shu jihatdan Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Sharq donishmandlari aytganidek “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir”. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi”. Hadisda “Beshikdan to qabrgacha ilm o‘rgan” deb, ilm har narsadan yuqori ekanligi, hech narsa undan yuqori bo‘la olmasligi ta’kidlangan. Demak, islom ta’limotida bilim eng oliy maqsad — dunyoni bilish uchun zarur deb uqtirilgan. Bilim dunyoni bilish bilan bahramand bo‘lib qolmay, shaxs ma’naviyatini boyitishda ahamiyatli hisoblangan. . Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling