Andijon fakulteti ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari kafedrasi
Download 61.5 Kb.
|
Omadilloh test
Foydalangan adabiyot
NAZORAT VA MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR: 1. “Tadbirkorlik” tushunchasining mohiyati. 2. “Tadbirkorlik” tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi. 3. “Tadbirkorlik” va “Biznes” tushunchalari. 4. Tadbirkorlik asosiy belgilari va ularnig o‘mi. 5. Tadbirkorlik asosiy tamoyillari va ularning ro‘yobga chiqarilishi. 6. Tadbirkorlikda tavakkalchilikning o‘rni va roli. 7. Tadbirkorlikda tavakkalni baholash va uning usullari. 8. Tadbirkorlikda xavf-xatarlar va ularni pasaytirish yoilari. 9. Tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda roli. 10. Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy hayotida ahamiyati. TAYANCH IBORALARIZOHLI LUG‘ATI Biznes - iqtisodiy tusda ega bo'lgan, foyda olishga qaratilgan har qanday ish. Islohotchilik (tadbirkorlikda) - ishlab chiqarish omillarini yangicha uyg'unlashtirish, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, uni tuzilmaviy qayta qurish, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish demakdir. Moddiy javobgarlik - tadbirkorlik faoliyati natijasida ko‘riladigan zarar uchun mas’uliyat. Notijorat tadbirkorligi - daromad ko'rish, foyda olish emas, balki boshqa ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan tadbirkorlik turi. Novatorlik (tadbirkorlikda) - yangi tovarlar yaratish, xomashyoning yangi manbalarini va yangi bozorlarni ochish, yangiliklami tadbirkorlikka tat- biq etish bilan bog‘liq faoliyat. Sarmoya - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va rivoj lantirish uchun kerak bo'ladigan moddiy va nomoddiy (tadbirkorlik qobiliyati va mehnatdan tashqari) ishlab chiqarish vositalari majmuyi. Sarmoyador - tadbirkorlik uchun ishlatiladigan sarmoya egasi. Tadbirkor - yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, etmagan holda ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs. Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik subyektlari tomoni dan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgafligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbus- kor faoliyat (“Tadbirkorlik faolityati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda berilgan ta’rif). Tadbirkorlik (umumiy falsafiy ma’noda) - har qanday ishga tashabbus korlik bilan ijodiy yondashuv. Tadbirkorlik (ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda) - qo‘yilgan aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish uchun qonunlar doirasida tawakal qilib amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik belgilari - tadbirkorlikka xos va uni boshqa faoliyat turlari- dan ajratib turadigan alomatlari. Tadbirkorlik tamoyillari - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va rivojlantirish me’zonlari va qoidalari majmuyi. Tadbirkorning erkinligi - tadbirkorlik sohasi, turi, shakli, joyi, hamkor- larni tanlashda, o‘z mol-mulkidan foydalanishda erkinligini anglatadi. Tadbirkorning mustaqilligi - o‘z faoliyatini tashkil etish, yuritish va uning natijasida oladigan foydani ishlatishda hamda o‘z mol-mulkidan foydalanish da t o i a mustaqilligini bildiradi. Tadbtirkorlik subyektlari - tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Tavakkal - biror ishga solinadigan sarmoya va undan olinishi mumkin bo‘lgan foydani to‘liq yoki qisman yo‘qotish xavfi. Tavakkal qilish - biror ishning natijasi aniq bo‘lmagan vaziyatda ehtimol, taxmin qilib unga kirishish. Tashabbuskorlik (tadbirkorlikda) - har qanday ish, faoliyatni amalga oshirishga o'ziga xos tarzda yondashish, doimiy izlanishda bo‘lib, yangi-yangi imkoniyatlar izlab topish va ularni ro‘yobga chiqarishga harakat qilish. Tijorat tadbirkorligi - daromad ko‘rish, foyda olishga mo‘ljallangan tad birkorlik turi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling