Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "iqtisod va qurilish " fakulteti


Download 112.83 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi112.83 Kb.
#1450588
1   2   3
Shahar ko’kalamzor tasniflanishi.
Yashil ko’chatlar – bu shahar obodonlashtirishning eng muhim va effektiv turidir. Bu yashil ko’chatlarning inson hayotidagi ahamiyati, ayniqsa Shahar sharoitida, juda muhimdir.
Yashil ko’chatlarning Shahar qurilishidagi ahamiyati turlichadir. Bu yashil daraxt-ko’chatlar Shahar bosim tartibining kuchli boshqaruv vositasi bo’lib xizmat qiladi; Shahar shovqini bilan kurashishda foyda berishi mumkin, Shaharning ayrim qismlari, hatto butun Shahar manzarasining o’ziga jalb qilish barpo qiladi; insoning ahvoliga gigienik hamda psixalogig ta’sirini o’tkazadi. O’simliklar o’zining rangi, shakli, fakturasining rangbarangligi bilan arxitektura ansambllari atrofini bezab turadi, hamda xiyobonlar va itsirohat bog’lari memorchiligida muhim ro’l o’ynaydi.
Shaharning ko’kalamzorlashtirishni loyihalashtirishda katta-katta massivlar barpo etib ularning sun’iy suv havzalari bilan birga qurish va sport qurilmalari barpo etishga harakat qilish kerak.
Bunday yashil ko’mplaekslar usullari yashil bog’lar alleyalar, hiyobonlar bilan to’ldirilishi kerak.
O’z vazifasiga ko’ra shaxarda ekiladigan yashil daraxt-ko’chatlar 3 toifa bo’yicha klassifikatsiya qilinadi.
1 - toifa – umumiy foydalaniladigan daraxt-ko’chatlar. Bu guruhga barcha Shaharliklar foydalanadigan yerdagi yashil yashil daraxt-ko’chatlar, madaniy va istirohat bog’laridagi, markaziy va hududiy hiyobonlardagi, qo’riqhonalardagi, Shahar bog’lar, hiyobonlaridagi, ko’chalardagi ithonalar atrofidagi yashil ko’chatlar. Bu umumiy foydalanish uchun mo’ljalangan yashil ko’chatlar Shahar iqlimini shovqindan, chang-to’zondan, ortiqcha quyosh radiaktsiyasidan asrab, ularning dam olishlari uchun sharoit yaratib beradi va madaniy ,siyosiy, ko’ngil ochar tadbirlar, fizkiltura mashg’ulotlari va sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etishga yordam beradi.
2 - toifa – chegaralangan xolda foydalaniladigan yashil daraxt-ko’chatlari. Bu toifani ishxona mamuriy binolar atrofidagi yashil ko’chatlar tashkil etib, bular jumlasiga o’quv dargohlari, ilmiy tadqiqot muassasalari, bolalar muassasalari, kasalxonalar, davlat-prafilaktika muassasalari atrofidagi yashil zonalar kiradi. Bu toifa ko’kalamzorlar ochiq havoda fizkulьtura bilan shug’ulanishga, bolalar o’yinlari tashkil etishga, mahsus ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga, odamlarning ishdan bo’sh vaqtlarida dam olishlari uchun mo’ljalangan.
3 –toifa: mahsus foydalanishga mo’ljalangan yashil ko’chatlar. Bu toifadagi ko’chatlar qatoriga sanoat korhonalar atrofida ximoya zonalarini, ko’cha bo’ylab ekinlar ko’chatlarni, avtomobil yo’lari, qabristonlardagi, botanika va zoologiya bog’laridan, gulchilik ho’jaliklaridagi ko’kalamzorlar kiradi va tashkil etadi. Ko’chatlarning qayerga o’tkazilishiga qarab daraxtlar navlari va ko’chatlar navlari ajratiladi. Bu mahsus yashil ko’chatlar sanoat korhonalarining nohush ta’sirlarini kamaytiradi, transport vositalarining zararli islaridan himoyalaydi, shamoldan, chang-to’zondan,qor bo’ronlaridan, sel toshqinlaridan asrab,landshaft barpo etadi.
Umumiy foydalanish uchun mo’ljalangan ko’chatlar Shaharni ko’kalamzorlashtirishning muhim daraja ko’rsatkichi hisoblanadi. Juda yahshi ko’kalamzorlashtirilgan Shahar deb, har bir aholiga 20-30 m umumiy foydalanishga mo’ljalangan ko’kalamzor zonasi bor Shahar ataladi. Istirohat bog’lari, hiyobonlar, bog’lar aholining dam olishi uchun mo’ljalanadi. Odatda istirohat bog’lari hududida daraxtlar, suv havzasi bor bo’lgan, barcha aholi uchun borishga qulay bo’lgan yerlarda tashkil etiladi. Istirohat bog’lari orasida bolalarbog’lari, umumiy foydalanishga mo’ljalangansport sport hiyobonlari uchraydi. Shu bilan bir qatorda yana boshqa hil bog’lar, yashil batanika bog’i, hayvonot bog’i, oymomo bog’, tarixiy bog’lar, ko’rgazma bog’lar mavjudir. Bunday bog’larning borligi Shahar axolisining yurmosh jihatlari, tabbiy sharoiti, uning nima uchun mo’ljalanganligi haqida darak beradi.
Turar joy rayonlarida, mikrohududlarda barpo etilgan bog’lar axolining kunda dam olishlariga mo’ljalangan. Ularning ko’p qismi turli o’yin va dam olish uchun mo’ljalangan ko’kalamzor bo’lishi kerak.
Hiyobonlar yo’lovchilarning qisqa mudatli dam olishlari uchun mo’ljalanadi,yana ular maydonlarni, ko’chatlarni, ma’muriy va jamoat binolarini dekorativ jihozlash uchun ishlatiladi.
Yana boshqa hil hiyobonlar aholining qatnashi, dam olib, hordiq chiqarishi uchun hizmat qiladi. Bunday hiyobonlarni Shahar transporti ham qatnaydigan yerlarda, anhor bo’ylarida barpo qilish tavsiya etiladi.

Download 112.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling