Andijon Iqtisodiyot va Qurilish instituti Iqtisodiyot va Qurilish fakulteti


Jadval 1. Davlat qarzi qoldig’ining o’zgarishi


Download 0.66 Mb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1173601
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat krediti

Jadval 1. Davlat qarzi qoldig’ining o’zgarishi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida 1,7 mlrd. AQSh dollari hamda Hukumat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida 1,5 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi4 Xususan, “Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida ishlab chiqarilayotgan tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” (GTL) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 1,1 mlrd. AQSh dollari miqdorida moliyalashtirildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 1,52 mln. tonna yoqilg‘i ishlab chiqarilishi hamda 1 300 dan ortiq ish joyi yaratilishi ko‘zda tutilgan. Taxiatosh, Navoiy va To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyalarini qurish va modernizasiya qilishga 407 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilib, birgina Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 230-280 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasining o‘rnatilishi har yili 488,6 mln. m3 miqdoridagi yoqilg‘ini tejagan holda, elektr energiyasiga bo‘lgan qo‘shimcha talabni qondirish imkoniyatini yaratadi.
Qayd etish joizki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat qarzi oshishining kuzatilishi davlat byudjeti taqchilligining moliyalashtirilishi tufayli yuzaga kelmagan bo‘lib, asosan strategik ahamiyatga ega hamda kechiktirib bo‘lmas ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qarz mablag‘lari jalb qilinganligi bilan izohlanadi), xususan: - mamlakatimiz aholisining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarga (ichimlik suvi va barqaror elektrenergiyasi bilan ta'minlash, qishloq joylarida namunaviy uy-joylar qurish, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish va boshqalar) Hukumat nomidan tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish; - barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga qaratilgan va strategic iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik investision va infratuzilmaviy loyihalar uchun tashqi qarz mablag‘larini Davlat kafolati ostida imtiyozli shartlarda jalb qilish.5
Davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me'yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat qarzi (YaIMga nisbatan 33,6 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan 23,8 foiz) mo‘'tadil darajada saqlanib qolmoqda.
Joriy yilning yanvar'-sentyabr' oylari davomida davlat ichki qarzi yil boshidan 830,8 mln. AQSh dollariga oshib, 2019 yil 1 oktyabr' holatiga qoldig‘i 5,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan jami 1 550,0 mlrd. so‘mga teng davlat qimmatli qog‘ozlari auksion savdolarini o‘tkazish orqali joylashtirilishi natijasida 2019 yilning 1 oktyabr' holatiga jami joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlari qoldig‘I 1 947,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, 2019 yilning 1 oktyabr' holatiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlagan davlat ichki qarzi qoldig‘I 5 474,4 mln. AQSh dollariga (yoki YaIMga nisbatan 9,6 foiz) yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ichki qarzining salmoqli ulushini (97 foizi) O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan davlat ulushiga ega korxonalarga ajratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan xorijiy valyutadagi kreditlar tashkil etadi. Mazkur kreditlar iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan.
2018 yilning dekabr' oyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ilk bor muomala davri 6 oy, 1 yil va 3 yil bo‘lgan umumiy qiymati 597,1 mlrd. so‘m miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) auksion savdolarini o‘tkazish orqali joylashtirdi. 2019 yilning ilk 9 oyi davomida o‘tkazilgan 15 ta elektron auksion orqali 1 550,0 mlrd. so‘mga teng davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirildi.6
Loyihasi ishlab chiqildi. Strategiya mohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qat'iy rioya qilishni nazarda tutadi. Hukumatning jami qarzga bo‘lgan ehtiyojini eng maqbul narxlarda moliyalashtirish, davlat qarzini jalb qilishda xarajat va xatarlar mutanosibligini ta'minlash hamda davlat qarzi portfelini diversifikasiya qilish. Strategiyani ishlab chiqishda, 2020-2022 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarzga bo‘lgan ehtiyoji aniqlandi. Hukumatning qarzga bo‘lgan ehtiyojini moliyalashtirishning muqobil strategiyalari tahlil qilindi; Ma'lumot uchun: 2019 yilning 1-11 aprel' kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqishda texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘shma texnik missiyasi tashrifi amalga oshirildi. Missiya vakillari tomonidan 2019 yilning oktyabr' oyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga texnik ko‘mak hisoboti taqdim etildi. Mazkur hisobotda keltirilgan taklif va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat qarzini boshqarish strategiyasida aks ettirilgan. Jahon bankining ta'kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilga qadar yuqori o‘rta daromadli (upper middle-income) mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi.7 Bu, o‘z navbatida, mamlakatning imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini cheklab, uning qarzga bo‘lgan ehtiyojini tijorat shartlarida moliyalashtirishni taqozo etadi. Shunday ekan, barcha muqobil strategiyalarda mahalliy instrumentlarning jami moliyalashtirish manbalaridagi ulushini oshirish, asta-sekinlik bilan tijorat shartlarida davlat qarzini jalb qilish hamda mahalliy qarz bozorini faollashtirish ustuvor maqsad etib tanlandi.


Xulosa
Har bir mamlakat o‘z xarajatlarini soliqlar yoki qarzlar bilan moliyalashtirishni mo‘ljallaydi va defolt kutilmaydi. Qarz olish davlatni diskontlash yo‘li bilan joriy vaqtga keltirilgan soliqlar undirish zaruratidan ozod qilmaydi. Qarzlar miqdori va shakllarini tanlash soliqlarning kutiladigan joriy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo soliqlar yig‘ish grafigiga va soliqlarning iqtisodiy oqibatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat qarzini boshqarishning maqsadi xarajatlarni moliyalashtirishdan ko‘riladigan zararning joriy qiymatini minimallashtiriladi. Fan yutuqlari davlat qarzini boshqaruvchilar tafakkurida davlat qarzini boshqarish maqsadlariga erishish vositalariga aylanadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini moliya bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Davlat olayotgan qarzlari davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog‘ozlari bo‘lib, bozorda erkin aylanishi mumkin bo‘ladi. Davlat qarzdorliklari ikkita vazifani bajaradi: davlat g‘aznasiga pul mablag‘larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish. Davlat qarzlarini boshqarish davlat moliyaviy resurslar fondini shakllantirish va uni taqsimlash tizimini o‘rganish bilan birga, iqtisodiy-matematik modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish va uning maqsadlari O’zbekistonda innovatsion loyihalar olib borish har xil sohalarni rivojlantirish hususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling