Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Baholash tartibi va mezonlari
Download 39.56 Kb.
|
Jismoniy tarbiya sillabus kechki
Baholash tartibi va mezonlari
Kredit-modul tizimi asosida tahsil olayotgan talabalar bilimini baholash shartli ravishda 2 qismga, yaʼni dastlabki va asosiy baholash koʻrinishida 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Dastlabki baholashga 50 ball va asosiy baholashga 50 ball ajratiladi. Dastlabki baholash talabalarning oʻquv jarayonidagi faoliyatini baholashga qaratilgan boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: talabaning maʼruza mashgʻulotida olgan bilimini baholash; talabaning amaliy mashgʻulotda olgan bilimini baholash; talabaning mustaqil taʼlim davomida topshiriqlarini bajarishda olgan bilimini baholash; Talaba nazorat uchun qoʻyilgan talablarning kamida 60% ni bajarsa ijobiy baholanadi. Bunda: maʼruza mashgʻulotlari davomida oraliq nazorat ishlari olish orqali baholanadi (oraliq nazoratlar soni mazkur akademik qoidalarning 61-bandida ko‘rsatilgan); amaliy mashgʻulotlarida, topshiriqlarni bajarishi hamda faol ishtiroki uchun baholanadi; talbalarning mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi yoki taqdimot (prezintatsiya) koʻrinishida himoya qilishi orqali baholanadi; Dastlabki baholash taʻlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS plarformasi)da qayd etib boriladi. Dastlabki baholash qayd etib borish dars mashgʻulotini olib borgan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi (maʼruza, amaliy va laboratoriya darslari turli professor-oʻqituvchilarga taqsimlangan taqdirda maʼruzachi imzolaydi va javobgar hisoblanadi). Dastlabki baholash 50 ballik tizimda baholanadi. Dastlabki baholashning oʻrtacha koʻrsatkichi, talaba toʻplash imkoniyati mavjud boʻlgan eng yuqori koʻrsatkichning 60% (oʻtish bali 30 ballni tashkil etadi) va undan yuqori natijaga erishgan taqdirdagina yakuniy nazoratga kiritiladi. Dastlabki baholashda toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 50 ballning baholash bandlaridagi ulushi foizlar (%) hisobida 8-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Dastlabki baholashdagi umumiy 50 ballni taqsimlash va uning mezonlarini ishlab chiqishga kafedra mudirlari va fan/modul oʻqituvchilari javobgar hisoblanadi. Har bir fan/modul oʻqituvchisi oʻz fan/modulining hususiyatidan kelib chiqib, mezon ishlab chiqadi va fan/modul boʻyicha dars mashgʻulotlari boshlanishidan oldin barcha talabalaraga baholash tartibi va mezonini tushuntiradi. Asosiy baholashda talaba oʻrnatilgan tartib asosida fan/modul boʻyicha yakuniy nazorat topshiradi. Yakuniy baholash 50 ballik koʻrsatkichda baholanadi. Yakuniy nazorat boʻyicha talaba toʻplash imkoniyati mavjud boʻlgan eng yuqori koʻrsatkichning kamida 60% ni (oʻtish bali 30 ballni tashkil etadi) toʻplashi shart. Talaba butun semetr davomida oʻzlashtirish natijalariga koʻra ball yigʻib boradi va dastlabki baholash natijalari hamda asosiy baholash ballari, oʻqituvchi tomonidan taʻlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS platformasi)ga kiritiladi va Akademik qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida tizim tomonidan avtomatik ravishda 5 ballik baholash tizimaga konvertatsiya qilinadi. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek fan/modullar bo‘yicha to‘plangan kreditlar soni har bir semestr va o‘quv yili yakunidan so‘ng e’lon qilinadi. Agar fan/modul bir necha semestr davomida o‘tilgan bo‘lsa, fakultet dekanati tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik ma’lumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yig‘indisi va to‘plangan kreditlar soni hisobga olinadi. Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning fan/modullar bo‘yicha o‘zlashtirishi har bir semestr natijasiga ko‘ra hisobga olinadi. Har bir fakultet talabalarining nazorat turlari bo‘yicha erishgan natijalari fakultet dekanati tomonidan O‘quv-uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda tizimli ravishda tahlil qilinadi va Institut o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun kiritiladi. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari Institut o‘quv-uslubiy kengashida va zaruratga ko‘ra, Institut kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi. Download 39.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling