Andijon mashinasozlik insituti transport logistikasi fakulteti mustaqil ish ma’vzu: Transportda xavsizlik muammolari
Mazkur qonunning qabul qilinishiga qanday zarurat bo’ldi?
Download 148.58 Kb.
|
tranport xavsizlik muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport muammolari qanday hal etilishini aytdi
Mazkur qonunning qabul qilinishiga qanday zarurat bo’ldi?
Bugungi kunda transport faoliyatini tartibga soluvchi alohida qonun hujjatlari mavjud bo’lib, bulardan “Avtomobil transporti to’g’risida”gi, “Temiryo’l transporti to’g’risida”gi qonunlar, Havo kodeksi va boshqa ko’plab qonun hujjatlarini keltirish mumkin. Biroq barcha turdagi transportlarning optimal, muvozanatlashgan va uyg’unlashgan o’zaro aloqasini ta’minlaydigan, ularni samarali logistika, aralash yo’nalishlar sonini kengaytirish orqali yagona transport tarmog’iga integratsiya qilish yo’llarini aniqlaydigan yagona qonun yo’q edi. “Transport to’g’risida”gi qonun barcha turdagi transportlarning optimal va muvozanatlashgan o’zaro aloqasini nazarda tutadi. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o’tgach kuchga kiradi. Eslatib o’tamiz, 2019-yilda “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident farmoni bilan O’zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Transport vazirligi tashkil etilgandi. Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport muammolari qanday hal etilishini aytdiO’zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri aholi bilan uchrashuvda poytaxtda yerosti va yerusti piyoda o’tish yo’laklari, avtoturargohlar yetishmasligi muammosiga to’xtalib o’tdi. Shavkat Mirziyoyevning so’zlariga ko’ra, poytaxt aholisi va ularning daromadlari oshgani hisobiga, so’nggi yillarda shaxsiy avtotransportlar 2-3 barobar ko’payib, kuniga shahar ko’chalarida 700-800 mingdan ziyod transport harakatlanmoqda. “Bu tirbandliklarni keltirib chiqarish bilan birga, ekologiya, piyoda va yo’lovchilar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Lekin poytaxtning jamoat transporti va yo’l infratuzilmasi bu muammolarga hali munosib javob qaytara olmayapti. Shaharda yerosti va yerusti piyoda o’tish yo’laklari, avtoturargohlar yetishmaydi”, — deydi davlat rahbari. Shuningdek, ta’kidlanishicha, poytaxtda 500 dan ziyod katta chorrahalar mavjud bo’lib, ularning 200 tasida transport vositalarini o’tkazish darajasi past. Jamoat transportidan bor-yo’g’i 33 foiz yo’lovchi foydalanmoqda. Prezident bugungi kunda 80 ta yo’nalishdagi avtobuslarning intervali tig’iz paytlarda 30 daqiqagacha kechikkani, aholi noroziligiga sabab bo’layotganini qayd etgan. Shu bois, kelgusi besh yilda shaharda o’zaro uzviy bog’langan barcha transport turlarini rivojlantirish dasturi qabul qilinishini bildirgan. Bunda: yerusti transporti va metro yo’nalishlari kesishuvida 16 ta yirik avtostansiyalar; Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar; markaziy ko’chalarda 40 ming avtomobillar uchun, 80 ta ko’p qavatli avtoturargohlar; tirbandlik yuqori bo’lgan ko’chalarda 21 ta yo’l o’tkazgichlar quriladi; yerusti halqa metropoliteni yo’lining 7 ta bekatdan iborat 13 kilometr uzunlikdagi Qo’yliq—Qipchoq uchastkasi qurilishi yakuniga yetkaziladi. Yo’l harakatini “aqlli tartibga solish” tizimi joriy etilib, bunga shaharning 500 ta yirik chorrahasi ulanadi; 200 ga yaqin muntazam avtobus yo’nalishlari tashkil etiladi; jamoat transporti parkini yangilash uchun 400 ta zamonaviy avtobus, 700 ta elektrobus olib kelinadi; 90 ta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelinib, yo’lovchilar tashish quvvati 2 barobarga oshiriladi. Bundan tashqari, poytaxtda vtobuslar qatnovini subsidiyalash tizimi ham qayta ko’rib chiqiladi. “Endi, tashuvchilarga subsidiyalar yo’lovchi soniga emas, balki yo’nalish va qatnovlar soniga qarab beriladi. Shuningdek, kundan-kunga hayotimizga kirib kelayotgan yangi texnologiyalarni inobatga olib, elektromobillardan foydalanish hamda ularga xizmat ko’rsatish maqsadida, 50 ta quvvatlash stansiyasi va boshqa infratuzilmalar yaratiladi. Bundan tashqari, 1,8 ming kilometr avtomobil yo’li va ichki ko’chalarni ta’mirlashga 3 trillion 200 milliard so’m mablag’lar yo’naltiriladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev. Avvalroq Toshkentdan “Tashmore”gacha alohida yo’lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo’lga qo’yilishi, 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etilishi, Toshkentda yerusti metro yo’li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilingani to’g’risida xabar berilgandi. Download 148.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling