Andijon mashinasozlik institute Avtomobilsozlik fakulteti energiya mashinasozlik mashinasozligi yo’nalishi 25-22 guruh talabasi abdumutaliyev azamatning fizika fanidan tayorlagan slaydi


Download 0.63 Mb.
Sana05.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1080192
Bog'liq
Azamat fizika 1

Andijon mashinasozlik institute Avtomobilsozlik fakulteti energiya mashinasozlik mashinasozligi yo’nalishi 25-22 guruh talabasi abdumutaliyev azamatning fizika fanidan tayorlagan slaydi

  • Mavzu: o’ZGARMAS TOK ELEKTR QONUNLARI
  • Reja:
  • 1. elektr tokening mavjud bo’lishi shartlari
  • 2. om va krixgof qonunlari
  • 3. O’zgarmas tok
  • Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
  • moddada erkin elektr zaryadlari;
  • ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon;
  • zanjir berk boʻlishi kerak.
  • Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.
  • Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.
  • Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:
  • issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi;
  • kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);
  • magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar);
  • kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);
  • yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.
  • Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan.
  • Kirxgofning 1-qonuni
  • Kirxgofning 1-qonuni zanjir tugunlariga tegishli boʻlib, unda shunday deyiladi: “Tugunga kiruvchi barcha toklarning yig‘indisi tugundan chiquvchi barcha toklarning yig‘indisiga teng”.
  • Kirxgofning 2-qonuni
  • Kirxgofning 2-qonuni zanjirdagi konturlarga tegishli boʻlib, unga koʻra, kontur boʻylab kuchlanish tushuvlari yigʻindisi nolga teng.

Om qonuni (talaffuzi: Om) — oʻtkazgichda oʻtayotgan oʻzgarmas tok kuchi bilan uning uchlaridagi potensiallar farqining oʻzaro bogʻliqligini ifodalovchi qonun. Formulasi quyidagicha:
U=IR
  • Om qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan koʻrinishi Kirchgoff qoidalari bilan tushuntiriladi. Om qonuni 1826-yilda olmon fizigi va matematigi Georg Om tomonidan o'rnatilgan bo'lib, 1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling