Andijon mashinasozlik instituti «avtomobilsozlik» fakulteti «metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti» kafedrasi «metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» ta
Yuk-porshenli manometrni МП-60 ni qiyoslash jarayoni
Download 306.92 Kb.
|
Andijon mashinasozlik instituti «avtomobilsozlik» fakulteti «met
2.2 Yuk-porshenli manometrni МП-60 ni qiyoslash jarayoni
Yuk-porshenli manometrlar - bu o‘lchanadigan bosim erkin harakatlanadigan porshenga nisbatan kalibrlangan og‘irliklar tomonidan yaratilgan kuch bilan muvozanatlanadigan qurilmadir. Qurilmaning asosiy qismi vertikal ustun bo‘lib, uning silindrsimon kanalida porshen joylashgan. YUKPORSHENLI MANOMETR MII-60 Vazifasi: Namunaviy, Texnik, elektrsignalli, differensial manometrlarni nominal qiymatga ega toshlar bilan va namunaviy manometrlar bilan solishtirish usuli orqali qiyoslash uchun mo'ljallangan. Ushbu qiyoslash vositasi ichida maxsus moy harakatini ta'minlaydi, hamda tebranishlardan himoyalangan va atrof-muhit harorati 15 dan 25 °C gacha, nisbiy namlik 80% gacha, hamda atmosfera bosimi 84 dan 106,7 KPa gacha bo'lgan sharoitda ishlatish uchun mo'ljallangan. Yukporshenli manometr etalon o'lchash vositasi sifatida ortiqcha bosim, o'lchash o'zgartkichlari (datchiklar), namunaviy va texnik manometrlar, hamda boshqa turdagi past aniqlik sinfiga ega yukporshenli manometrlarni qiyoslash va kalibrlashda ishlatiladi. Kislorodni o'lchash asboblarini tekshirish yoki kalibrlashda ajratish moslamalaridan foydalanish kerak. Ishlash prinsipi a) Konsentrik og'irliklarni to'g'ridan-to'g'ri qo'llash uchun yuk ko'tarish moslamasi bilan jihozlangan oddiy pistonli bosim o'lchagich (O'lchov kolonkasi) b) Bosim hosil qilish vositasi (Gridropress) Tarkibiy qism: 1. Nasos tutqichi, 2. Sharli klapan, 3. Qo'l nasosi, 4. O'chirish nasosi uchun ventil, 5. Manometr uchun o'chirish ventil, 6. O'lchash kolonkasini o'chirish ventili, 7. O'lchash kolonkasi, 8. Toshlar, 9. Markaziy tutqich, 10. Qiysolanayotgan manometr, 11. Bo'shatish ventili, 12. Chap tutqich, 13. Press silindri, 14. Press vinti, 15. Press aylantirgichi, 16. O'ng tutqichi. 17. Moyli idish, 18. Yopqich. Yukporshenli manometrda yetarli miqdorda va bosim hosil qilish darajasida transformator moyi bilan to'ldirilgan holatda, manometr o'lchov kolonkasiga mahkamlanadi va unga kerakli miqdordagi tosh qo'yiladi. Asosga bog'langan moy aylanuvchi naylar orqali moy harakati ta'minlanadi, o'chiruvchi ventillar yopiladi. Hamda qo'l nasosi orqali boshlang'ich bosim hosil qilinadi. Davomiy bosim esa press aylantirgichi (shturval) orqali hosil qilinadi. Natijada bosim aylanma harakati orqali giyoslanayotgan manometr va o'lchov kolonkasiga ta'sir o'tkazadi. Hosil bo'lgan bosim tosh va manometring nominal o'lchash qiymatida aks etadi. Texnik (ishchi) manometrlarni qiyoslashda "O'zDSt 8.075:2018 O'zi yozar va ko'rsatkichli manometrlar, vakuummetrlar, manovakuummetrlar, naporamerlar, tyagomerlar va tyagonaporamerlar. Qiyoslash uslubiyoti" dan foydalaniladi. Qiyoslash jarayoni tarkibiga, tashqi ko'rinish, ishchi holatni tekshirish, metrologik hususiyatlarni aniqlashlar kiradi. Asosiy metrologik hususiyatlari Yuqori bosim o'lchash chegarasi-6 MPa Quyi bosim o'lchash chegarasi-0,1 MPa Aniqlik sinfi-0,05 4. O'lchash chegarasi-0 dan 6 MPa gacha Porshen kengligining nominal qiymati -0,05 Ishchi vosita-transformator moyi Yuklarning nominal og'irligi-0.1: 0.5 MPa 12-rasm.Yukporshenli manometr МП-60 O‘zDSt 8.075:2018 “O‘ziyozar va ko‘rsatkichli manometrlar, vakummetrlar, manovakummetrlar, naporomerlar, tyagomerlar va tyagonapomerlar” Standarti bo‘yicha qiyoslash ketma ketligi Sxema-3 Namunaviy 60 Paskallik va qiyoslanayotgan manometr o’rnatiladi Ikkala manometrlar no’lga keltiriladi 5 ta nuqtada qo’lda porshenli nasos orqali bosim beriladi Muofiqlik belgisi yopishtiriladi Me’yor talablariga javob beradi Natijalar maxsus blanka yoki elektron bazaga kiritiladi Natijaga qarab xulosa qilinadi, Me’yor talablariga javob bermasa Tamirlanadi yoki utilizatsiya qilinadi Yuqoridagi sxemadan ko‘rinib turibdiki qiyoslash jarayoni birinchi navbatta qiyoslanayotgan manometrni qiyoslochi МП-60 yuk-porshenli manometrga o‘rnatiladi. Ikkinchi bosqich ikkala manometrlar no‘lga keltirilib qiyoslashga tayyorlanadi. Qo‘l orqali yuk porshenli nasos orqali bosim beriladi va 5 ta bosim nuqtasida namunaviy manometr bilan qiyoslanayotgan manometr natijalari qayd qilinadi. Uchunchi bosqichda olingan natijalar blankalar yoki elektron bazaga kiritiladi varasmiylashtriladi. To‘rtinchi bosqichda natijalarga qarab, qiyosalangan manometrning xatolik chegaridan va me’yoriy talab bo‘yicha xulosalanadi. Beshinchi bosqich olingan natijalar talab etilgan qiymatda bo‘lsa qiyoslovdan o‘tgan hisoblanadi va qiyoslovdan o‘tganlik belgisini qiyoslangan manometrga yopishtiriladi. Agar olingan qiymat talab etilgan qiymatdan yoki namunaviy manometrdagi ko‘rsatkich qiymatidan chetlashsa manometr foydalanishga taqdim etilmaydi ta’mirlanadi yoki utilizatsiya qilinadi. Download 306.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling