Psixodiagnostika predmeti va vazifalari


Download 34.35 Kb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1528606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKANINH PREDMETI



PSIXODIAGNOSTIKANING PREDMETI

REJA.


  • Psixodiagnostika predmeti va vazifalari.

  • Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari .

  • Amaliy psixologiya va uning sohalari.

  • Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida.

  • Psixodiagnostika va differentsial psixologiya.


Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bo‘lib, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab o‘lchash, ya'ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini o‘rgatuvchi fandir. «PSIXODIAGNOSTIKA» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «psixodiagnostika» asari chop etilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.


“Umumiy psixodiagnostika” fani o’quv uslubiy majmua talabalarning tadqiqotlarda psixodiagnostika metodikalarini ishlab chiqish, tatbiq qilish va olingan natijalarni talqin etishga doir tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga mo’ljallab ishlab chiqilgan.Majmuada talablarni psixodiagnostikani fanlar tizimidagi o’rni, rivojlanish tarixi, psixodiagnostik tadbirlarni tashkil etish etikasi, psixodiagnostik tekshiruv va tadqiqotlarni tashkil etish hamda ularni o’ziga xos talablarini farqlash, psixodiagnostika fani metodlari xususiyatlarini ajrata olishlari, psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqishning psixometrik talablarini bilishlari, psixologik testlashtirish sohalari va psixodiagnostik metodikalarini qo’llanish istiqbollariga bag’ishlangan muammolariga bag’ishlangan mavzular kiritilgan. Talaba ushbu fanni o’rganish asosida davlat ta’lim standartida belgilangan kasbiy faoliyat talablariga javob beradi.
Talabalarda umumiy psixodiagnostikaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari, psixodiagnostik tadbirlarni tashkil etish tamoyillari, psixometrik mezonlari, test ishlab chiqish tamoyillari, intellektuallik diagnostikasi, shaxsni psixodiagnostik baholash, shaxslararo munosabat, kasbiy saralash psixodiagnostikasining nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi.
Talabalarda umumiy psixodiagnostika fani bo’yicha bilimlar, psixodiagnostik metodiklarni ishlab chiqish, tatbiq etish, natijalarni tahlil va talqin etish ko’nikmalari shakllantiriladi.

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling