Shaxslararo munosabat shakllanishining psixologik asoslari


Download 35.5 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1143716
Bog'liq
Ichki taqriz Shaxs......


Sirtqi bo‘lim, ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi o‘qituvchisi Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘lining “Shaxslararo munosabat shakllanishining psixologik asoslari” nomli monografiyasiga
TAQRIZ
Hozirda jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarni o‘rganish, undagi bo‘ladigan aloqalardan kelib chiquvchi psixologik kechinmalar va unda qabul qilinadigan qarorlar ko‘p jihatidan jamiyatimizdagi taraqqiyotni hal qilishga o‘z ta'sirini o‘tkazib boradi.
Ijtimoiy hayotda shaxslararo munosabatda nutq mazmuni, muomala madaniyati, odobi muhim rol o‘ynaydi. Inson hayoti markazini shaxslararo munosabat tashkil qiladi. Inson yuragining har bir tomoni munosabatlardan tuzilgan bo‘lib, u inson o‘zgalarga bo‘lgan munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, inson munosabatlar o‘rnatishga harakati ham butunlay mana shu tuzilmaga bog‘liq. Inson jamiyatda, oilada hamkorlikdagi faoliyatida insonlar bilan har doim o‘zaro munosabatida bo‘ladi. Demak, aytishimiz mumkinki, shaxslararo munosabatlar shakllanishining psixologik asoslarini o‘rganish har bir davrning o‘ziga xos dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ham ana shunday yosh mustaqil davlat sifatida jahonda o‘z o‘rnini topdi va butun diqqat - e’tibor rivojlanishning asosiy negizi, puxta tayanchi tarzida ikkita omilga qaratildi, ya’ni, ma’naviyat va uzuluksiz ta’lim tizimi tom ma’noda davlat siyosatiga aylandi. Bunday qat’iy qaror shaxs, barkamol inson tengsiz kapital ekanligini oldindan bashorat qilganligini anglatadi, o‘qish, ma’rifat orqali donishmandlar dunyoga keladi va buyuk ajdodlarimizga munosib avlodni voyaga yetkazish uchun zamin hozirlaydi. Bunga o‘xshash ulug‘vor g‘oyalar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” singari davlat hujjatlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bir necha yillarga mo‘ljallangan ham nazariy, ham amaliy muammolar yechimini o‘zida mujassamlashtirgandir.1
Ushbu monografiya tadqiqot doirasida amalga oshirilgan izlanishlar uch bobdan iborat tuzilmada aks ettirilgan. Kirish qismida muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, tadqiqot metodlari, obekti, predmeti, amaliy natijalar, ilmiy yangiligiga doir bandlar bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilgan.
Monografiyaning birinchi bobi “Psixologiyada shaxslararo munosabat muammosining tadqiq etilganlik holati” deb nomlanib, unda xorij va mamlakatimiz psixologlarining ishlarida shaxsning tadqiq etilishi hamda Mamlakatimiz psixologlari ishlarida shaxslararo munosabatda muomala muammosining talqini borasida yetarlicha yoritilgan. Bu esa tadqiqot muammosi doirasida mavjud nazariy tadqiqotlar holati va uning o‘rganilgan jihatlarini aniqlash imkoniyatlarini bergan.
Monografiyaning ikkinchi bobi “Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashning metodologik tahlili” deb nomlanib, unda shaxsning tarbiyalashda sportning roli, sport jarayonida shaxsning harakat malakalarining rivojlanish bosqichlari tahlili. Shaxslararo munosabatda muloqotmandlik va muomala maromi rivojlanishi natijalari tahlili boshqa psiologik sifatlari keltirilgan.
Monografiyaning uchinchi bobi “Shaxslararo munosabatda muomala muammosining eksperimental tadqiq etilishi” deb nomlangan, monografiya shaxslararo munosabatda muomala va nutqning shakllanganlik darajalarini dastlabki tadqiq etish natijalarining psixologik tahlili, tadqiqot nazariyasi, fenomenologiyasi, bosqichlari va metodikalari.uning natijalari yoritilgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Raxmatjonov Shohjahon Dilshodbek o‘g‘lining “Shaxslararo munosabatda muomala muammosining eksperimental tadqiq etilishi” nomli monografiyasi talabalarning mashg’ulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari uchun ularning mustaqil ishlari uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy adabiyotlar turkumiga kiruvchi ushbu monografiyani belgilangan talablarga javob berishini hisobga olib, uni nashrga tavsiya etamiz.


FarDU Psixologiya kafedrasi
__________________________ __________________


1 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январь. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 104 б.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling