Andijon mashinasozlik instituti elektrotehnika fakulteti eee yonalishi 4-kurs 335-19 guruh talabasi g’iyozidinov mirjalolning moslashuvchan robototexnik tizimlar va komplekslar elektr yuritmalari fanidan tayyorlagan


Download 0.86 Mb.
Sana25.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1295996
Bog'liq
mustaqil ish robot

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI ELEKTROTEHNIKA FAKULTETI EEE YONALISHI 4-KURS 335-19 GURUH TALABASI G’IYOZIDINOV MIRJALOLNING MOSLASHUVCHAN ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR VA KOMPLEKSLAR ELEKTR YURITMALARI FANIDAN TAYYORLAGAN.

MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI

MAVZU: Manipulyatorlar ularning vazifasi, texnik imkoniyatlari va funksiyalari.

  • REJA:
  • Sanoat robotlarining asosiy tavsiflari.
  • Monipulyator haqida umumiy tushuncha.
  • Ishlab chikarishda robotlashtirishning iktisodiy avfzalliklari.
  • Xulosa.
  • Foydalanilgan adabiyotlar.

1)Sanoat robotining asosiy tavsiflari


Yuritmalar sanoat robotining ijro sistemasiga kiradi va manipulyatorning mexanik zvenolarini harakatga keltirish vazifasini bajaradi.
Robot mexanik sistemasining strukturasi va parametrlari yuritma turi bilan aniqlanadi, undan tashqari yuritma sanoat robotining boshqarish sistemasini tanlashga ta’sir qiladi.
Yuritmalarni quiidagi xususiyatlar bilan sinflash mumkin: energiya turi, boshqarish usuli, ijro dvigatelining turi va boshqalar.
Sanoat robotlarining yuritmalari boshqarish usuli bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Tayanchlar buyicha pozitsiyalangan ochik yuritmalar.Bu usul tsiklli boshkarish sistemasiga ega bo‘lgan sanoat robotlarida ishlatiladi.
2.Rakamli boshqariladigan ochiq yuritmalar.
3.Holat va boshqa parametrlar bo‘yicha teskari aloqali taklidli yuritmalar. Bu usul keng tarqalgan, pozitsion va kontur boshqarishli sanoat robotlarida qo‘llaniladi.
4.Aralash yuritmalarda yuqorida keltirilgan boshqarish usullarining turli variantlari qo‘llaniladi.
sinflanishi.
Sanoat robotlari yuritmalarining sinflanishi.

Monipulyator haqida umumiy tushuncha.


Manipulyatorlar ─ ob’yektlarni fazoda inson qo‘li harakat funktsiyalariga o‘xshash harakatlanish funktsiyalarini bajarish uchun ishchi organ bilan jihozlangan qurilma.
Manipulyatsiya ob’yekti deb manipulyator fazoda ko‘chiradigan narsalar (materiallar, detallar)ga aytiladi. Tayyor buyumlar, detallar, ushlaydigan qurilmalar, yordamchi, o‘lchovchi yoki qayta ishlovchi asbob, texnologik jihozlar va boshqalar manipulyatsiya ob’yektlariga kiradi. Manipulyatorni boshqarish metodi konstruktsiyaning avtomatlashganlik darajasi va uning turli sharoitlarda qo‘llanilishini to‘laroq xarakterlaydi. Boshqarish metodlari bilan barcha manipulyatorlar biotexnik (qo‘l bilan boshqariluvchi), interaktiv (aralash boshqarish) va avtomatik boshqarish.
Boshqaruv metodi bo‘yicha manipulyatorlar klassifikatsiyasi

3) Ishlab chikarishda robotlashtirishning iktisodiy avfzalliklari.


Eski va yangi texnikani qo‘llashning natijalarini o‘zaro taqqoslash juda murakkab ish. Chunki sifat jihatdan yangi ko‘rsatkichlar sodir bo‘lib, bu ko‘rsatkichlardan korxonani texnikaviy qayta qurollantirish ishidagi ijtimoiy iqtisodiy samarani aniqlashda foydalanish qiyin masaladir.
Agar jamoat manfaati nuqtai nazaridan aniqlangan talab va resurslar (mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha olingan buyurtma, mehnat faoliyati sharoitiga oid normativlar) hisobga olinsa, u holda birlashma yangi texnikani joriy etish samaradorligi topshirilgan buyurtma va normativlarning bajarilishi bilan ifodalanadi.
Sanoat robotlarini joriy etishni tezlashtirish uchun, bu hayrli ishga oid hodimlar ishlab chiqarishni robotlashtirishda faol ishtirok etishlari, moddiy va ma’naviy qiziqishga ega bo‘lishlari lozim.
Real hayotda esa sanoat robotlarini joriy etishga sarflanuvchi harajat bilan undan olinadigan konkret natijalar orasidagi muddatning cho‘zilib ketishi, o‘z navbatida, sanoat robotlarini joriy etayotgan kollektivlarning yomon ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Sanoat robotlarini bunyod etish va joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samarani aniqlash metodikasi. Metall kesish stanoklari tajribaviy ilmiy tadqiqot instituti (YeNIMS) tomonidan ishlab chiqilgan va 1984 yil yanvar oyida joriy etilgan yo‘riqnomada o‘z aksini topgan.

4) XULOSA

  • Bugungi kunda sanoat sohalarida robot monipulyatorlardan foydalanish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Robotlardan inson salomatligi uchun zararli bolgan ish joylarida keng foydalanilmoqda. Shu o‘rinda savol kelib chiqadi robotlarni sanoatga keng ko‘lamda kirib kelishi inson mehnatiga hojat qoldirmaydi , insonlar ishsiz qoladimi degan. Endi sguni aytib otishimiz kerakki robot inson tomonidan kiritilgan dastur asosida ishlaydi va inson kabi aniqlikda ish bajarmaydi.
  • Robotlarni ishlatishning afzalliklari unga oylik tolash shart emas va u dam olishlarsiz ishlaydi va charchamaydi. O‘z navbatida ushbu jarayon mahsulot tan narhiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazadi ya‘ni mahsulot narhi qisman arzonlashadi.
  • Biz ushbu fan kursida zamonaviy robot manipulyatorlarni qanday sohalarda ishlatilishi va ularni qanday rejimlarda ishlay olishi haqida ko‘plab ma‘lumotlarga ega bo‘ldik. Ushbu olgan bilimlarimiz bizga kelajak faoliyatimizda asqotadi degan umiddaman.
  • Etiboringiz uchun rahmat.

5)Foydalanilgan adabiyotlar.

  • 1. Xoshimov O.O. Umarov SH. B. Andozaviy sanoat mehanizmlarini avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari .- T.:»Moliya, 2015-160b.
  • 2. Imomnazarov A.T. Sanoat korhonalari va fuqarolik binolarining elektr jihozlari. – T.: 1ILM ZIYO 2006.-1850b
  • 3. Fan bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma .
  • 4. Google internet tarmog‘i.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling