Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti
Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish
Download 0.62 Mb.
|
diplom tugadi Bozorboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr apparatlarni yerga ulash.
Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish.
Elektrdan shikastlanishning oldini olish uchun himoya vositalari: rezina qo‘lqoplar, rezina etiklar, rezina gilamchalar, izolyatsiyalovchi shlanglar va shunga o‘xshashlar ishlatiladi. Elektr mantaj ishlarida ishlatiladigan metall dastali asboblarning dastalariga izolyatsiya trubkalari kiydiriladi. Elektr tokidan shikastlanishdan ogoxlantirish uchun “Kirmang, xayot uchun xavfli”, “Ulamang, odamlar ishlashmoqda” deb yozib qo‘yilgan va boshqa plakatlardan foydalaniladi. Plakatlar odatda elektr qurilmalari joylashgan binoning eshik va devorlariga, elektr shchitlar, rubilniklar, elektr uzatish liniyalarining tayanchlariga va boshqa joylariga osib qo‘yiladi. Elektr qurilmalarini mantaj qilish va ta’mirlashda qator talablarga rioya qilish kerak: a) barcha elektr qurilmalari ularning tok o‘tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketmaslik choralari ko‘rilgan xolda o‘rnatilishi lozim; sim va kabellar yaxshi izolyatsiyalangan, barcha tok o‘tkazuvchi qismlari g‘ilof, qutilar, shkaflar singari ximoya to‘siqlari bilan berkitilgan bo‘lishi kerak; b) elektr jixozlarining tok o‘tishi mo‘ljallanmagan metall qismlari simlar yordamida yerga ulanishi kerak. Yerga ulangan tok o‘tkazishga mo‘ljallanmagan, biroq kuchlanish ostida bo‘lib qolgan simlarga tasodifan tegib ketganda uncha zarar bermaydi. Yerga ulovchi sim qarshiligi 4 Omdan ortiq bo‘lmasligi kerak; v) elektr qurilmalarida kuchlanish bo‘lganda ularni montaj qilish va ta’mirlash man etiladi. Bu ishlarni bajarishdan oldin tekshirish lampochkasi yoki kuchlanish ko‘rsatkichi yordamida kuchlanish yo‘qligi aniqlab olinishi lozim. Elektr apparatlarni yerga ulash. Elektr apparatlarining tok o‘tib turmaydigan yoki normal ravishda kuchlanish ta’sirida bo‘lmaydigan metall qismlari yerga ulanadi. Elektr apparatlarini yerga ulashdan maqsad shuki, tok o‘tib turgan appartning biror qismiga qo‘li tegib qolsa ham yerga nisbatan elektr kuchlanish hosil bo‘lmaydi, shuning uchun tokli appartga tegib ketish xech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bunday xolda elektr apparatning tok o‘tib turadigan qismi yerga tutashgan bo‘ladi. Quyidagilar yerga ulanish kerak: -elektr dvigatellari, transformatorlar, turli kattalikdagi to‘g‘rilagichlari, kuchaytirgichlar va boshqa elektr apparatlarining metall korpuslari; -elektr apparatlarining metall o‘tkazgichlari; -taqsimot shchitlari; -kabellarning metall qoplamalari; -razryadniklar va himoya apparatlari; Kuchlanish 220/380V bo’lgan elektr apparatlarning nolinchi simi tarmoqni elektr energiya bilan ta’minlovchi yo‘nalishi bo’ylab ko‘p marta yerga ulangan generator yoki transformatorning yerga ulangan simiga ulanadi. Bunda elektr apparatlarning yerga ulanishi kerak bo‘lgan qismlari nolinchi simga ulangan bo‘ladi. Liniya simlarning birortasi uzilib, armaturaning yoki elektr dvigatelining yerga ulangan metall qismiga tegib qolsa, generator yoki transformatordan shikastlanish joyigacha bo’lgan zanjirida juda katta tok vujudga keladi. Bu tok qisqa tutashish tokidan iborat. Qisqa tutashish toki shu zanjirdagi saqlagichni tezda kuydiradi, natijada iste’molchida tok bo‘lmaydi. Elektr apparatlarini yerga ulashda tabiiy yerga ulashdan, masalan, bino va inshootning yerga yaxshi tegib turgan metall konstruktsiyalari, yerga ko‘milgan vodoprovod trubalari va shu kabilardan foydalaniladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling