162
Umumlashtirish–jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari
bo‗yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‗ri, o‗rik va h.k.lardagi
o‗xshash belgilar«mevalar» so‗zi bilan ifodalanadigan
yagona tushunchada
namoyon bo‗ladi. Sodda umumlashtirishlar ob‘ektlarni alohida, tasodifiy belgilar
asosida
birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab bo‗lib
hisoblanadi, bunda ob‘ektlar turli asoslarga ko‗ra birlashtiriladi.
Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‗lgan xossa va
belgilarinifikran ajratib, bir vaqtning o‗zida ahamiyatsiz
belgilar va xossalardan
ayro holatda ko‗rsatish. Xuddi shunday, mas‘uliyatlilik hissi haqida so‗z
yuritganimizda,
biror-bir ishchi, muhandis,
talabaning emas, balki har bir
insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish
odatda tahlil
natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik,
miqdor, narx va boshqa tushunchalar yuzaga kelgan.
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan
bilimlardan yagona, alohida vaziyatga
fikran o‗tish. O‗quv faoliyatida aniqlashtirish –
umumiy nazariy qonun, qoida,
nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism va hodisalarni
tizimlashtirishyoki
tasniflash ularni bir-biriga
o‗xshashlik yoki farqlari asosida guruhlargabo‗lish. Masalan, o‗quvchilarni
o‗zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‗yicha guruhlarga bo‗lish
mumkin.
Tafakkur quyidagi asosiy
qonuniyatlarga bo‗linadi:
1.
Tafakkur muammoni hal etish bilan bog‗liq ravishda yuzaga keladi;
Do'stlaringiz bilan baham: