Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Divergent tafakkur - fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo 
yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‘lishini 
taqozo etadi. 
.
 
Shunga bog‘liq bo‘lgan konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat 
bitta bo‘lgandagi fikrlashni nazarda tutadi. 
 
Undan farqli produktiv yoki ijodiy tafakkur - fikrlash elementlariga 
yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik qo‘shilgandagi tafakkurni nazarda 
tutadi.
 
Fikrlashimizning yana bir turi reproduktiv bo‘lib, uning mohiyati - 
ko‘rgan-bilgan narsamizni aynan qanday bo‘lsa, shundayligicha
o‘zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi.


158 
qaratilgan faoliyati ba‘zan uning kreaktivlik sifati bilan bogʻlab tushuntiriladi. 
Kreaktivlilik - shunday hislatki, u guyoki yoʻq joyda bor qiladi, ya‘ni oddiygina
joʻngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga oʻxshamagan yondashuvlarni talab 
qiladi. Masalan, uchta soʻz berilgan - «qalam», «koʻl», «ayiq». Uchalasini qoʻshib, 
yangi jumlalar tuzish kerak. Har kim oʻzidagi kreaktivlik darajasiga koʻra turli xil 
jumlalar tuzsa boʻladi, masalan, «Bola qalamni olib, koʻlda choʻmilayotgan ayiq 
rasmini chizdi». Yoki «Terak qalamchalari ekib chiqilgan koʻl yokasida bir ayiq 
bolasini choʻmiltirardi». Shunga oʻxshash koʻplab jumlalar tuzish mumkin. 
Mashxur olim K. Yung insonlarni fikrlashlariga koʻra asosan ikki toifaga 
boʻlgan edi: 
1. Intuitiv tiplilar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda koʻpincha hissiyotlar 
mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati boʻyicha ham oʻng yarim sharlar faoliyati 
chapnikidan ustunroq boʻladi. Koʻrib, his qilib, yorqin emosional munosabat 
shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta 
olmaydilar. 
2. Fikrlovchi 
tiplar. 
Bunday 
kishilarda 
doimo 
mantiq, 
mulohaza 
hissiyotlardan ustun boʻladi va miyasining chap tomoni oʻngiga nisbatan 
dominanta(ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, koʻpincha, «Faylasuf 
boʻlib ket-e», deb ham qoʻyishadi. Chunki ular oʻzlarigacha boʻlgan bilimlar, 
mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo toʻgʻri gapirishga, doimo 
fikrlarini mantiqan asoslash - argumentasiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va 


159 
texnika, tibbiyot fanlari bilan shugʻullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik 
va psixologik hozirlik boʻlsa, ular oʻz kasblari borasida juda yaxshi natijalarga 
erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, 
tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling