Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
7. Kuchli taassurotlar qonuni.
6. Birin - ketinlik qonuni. 151 narsalarimizning barchasi ma’noli, kerak boʻlsa, ma’nili boʻlishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma‘no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob - hayotining ma‘nosi boʻlsa, dexqon uchun yer va undan olinadigan hosil - ahamiyatli hisoblanadi. hattoki, bitta narsaning oʻzi turli odamlar uchun turli xil ma‘no va mazmun kasb etadi. Oʻsha kitob misolini oladigan boʻlsak, kitob industriyasi bilan shugʻullanuvchi muhandis uchun - ishlab chiqarish mahsuloti, kitob doʻkoni sotuvchisi uchun - tovar - mahsulot, oʻquvchi uchun - ilm manbai, muallif olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir alohida narsaga boʻlgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta‘sir etadi, u gox ijobiy, gox salbiy boʻlishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda boʻlamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bagʻishlangan ma‘ruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi boʻlganlar uchun pul, foyda va daromad olish yoʻllari haqidagi ma‘lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy soʻzning morfologik tahlili - shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha oʻzining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda boʻlgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga boʻlib - fiziologik psixologiya (eksperimental yoʻl bilan bilish jarayonlarini oʻrganuvchi fan) va halklar psixologiyasi kismlariga boʻlib, oxirgi psixologiyaning tarkibiga nutq va tafakkur Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling