150
mohiyati
shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon
boʻladi. Masalan, ayni konkret xona oʻsha yerda roʻy
bergan hodisalarni ham
eslatadi.
Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson,
uni teskarisiga aytish
qiyin boʻlganidek, xotirada ham ma‘lumotlarni ma‘lum tartibda joylashtirishga va
kerak boʻlganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Eslab qolinadigan narsa toʻgʻrisidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli
boʻlsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin boʻladi.
Bundan tashqari, siz
uchun ahamiyatli va jozibali ma‘lumotlar oqimida eslanayotgan material ham
yaxshi esga tushiriladi.
Har qanday muayyan ma‘lumot oʻzidan oldingi ma‘lumotni tormozlaydi.
Shuning uchun uning oʻchib ketmasligi uchun yangini
esda saqlashdan avval
mustahkamlash choralarini koʻrishingiz kerak.
Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega boʻlish uchun har bir predmet yoki fanning
mavzularini oʻziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada
saqlash uslublarini ishlab
chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani, tarixdan
keyin adabiyot fanini, she‘r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslikni maslahat
beramiz.
6.5. Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati.
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan
narsalarning barchasi uning
uchun ma‘lum ma‘no va mohiyatga ega boʻladi. Aks xolda u eslab qolmaydi ham,
keyingi safar analogik obyekt bilan toʻqnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi
ham, figura fonga aylanib qolaveradi. Ya‘ni, biz koʻrgan,
eshitgan, his qilgan
8. Tormozlanish qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: