143
boʻlib, ba‘zan oʻz taraqqiyotimiz va kamolatimizni ham ana shunday omillarga
bogʻlagimiz keladi.
Ma‘lum boʻlishicha, inson miyasi har qanday ma‘lumotni saqlab qoladi. Agar
shu ma‘lumot biror sabab bilan odamga kerak boʻlmasa, yoki oʻzgarmasa, u
ongdan tabiiy tarzda yoʻqoladi. Lekin har doim
ham bizning professional
faoliyatimiz manfaatlariga mos ma‘lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning
uchun ham koʻpchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shugʻullanadi.
Inson xotirasining yaxshi boʻlishi, ya‘ni his-kechinmalarimiz, koʻrgan -
kechirganlarimizning mazmuni toʻlaroq miyamizda saqlanishi
quyidagi omillarga
bogʻliq:
esda saqlab qolish bilan bogʻliq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
shaxsning
oʻzi
shugʻullanayotgan
ishga
nechogʻlik
qiziqish
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining
qandayligiga;
shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
irodaviy kuchi va intilishlariga.
Do'stlaringiz bilan baham: