Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

X o t i r a - bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab 
qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog’liq murakkab 
jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning 
ongimizdagi aksidir. 
stimul 
takrorlash 
unitilga

doimiy esda 
saqlash 
uchun
o’tkazish 
ko’chirma 
Sensor 
хранение 
Qisqa muddatli 
xotira 
Uzoq 
muddat
li xotira 


144 
Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatdagi yutuqlariga bogʻliq boʻlgani uchun 
ham, uning tabiati, qanday kechishiga koʻplab olimlar ahamiyat berganlar. 
Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma‘lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga 
turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada 
hosil boʻladigan nerv bogʻlanishlari - assosiasiyalar bilan bogʻlashsa, bioximiklar - 
ribonuklein kislota (RNK) va boshqa bioximik oʻzgarishlar oqibatidadir, deb 
tushuntiradilar. 
Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun ahamiyati 
va motivlar xarakteri bilan bogʻlaydilar. Chunki shaxsning yoʻnalganligi, uning 
hayotdagi mavqyei va qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining 
mazmuniga bogʻliq. Shuning uchun hattoki, shunday gap ham bor: «Nimani 
eslashingni menga ayt, men sening kimligingni aytaman».  
Amaliy nuqtai nazardan xotiraning samaradorligi, uni oʻquv va mehnat 
faoliyati jarayonida oshirish katta ahamiyatga ega. Chunki koʻpincha odamlar 
orasida ishchanrogʻi, oʻquvchi yoki talabalar orasida bilimlirogʻi ham bir qarashda 
xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk bobokalonimiz Amir 
Temurning xotirasi haqida afsonalar yuradi. Masalan, u oʻz qoʻl ostidagi 
beklarning nafaqat ismini, balki otasining ismlarini ham yoddan bilarkan, 
uchrashuvlarda bevosita nomini aytib murojaat qilarkan. Bu fazilat ham uning oʻz 
qoʻl ostidagilar orasida obroʻining balandligiga ta‘sir koʻrsatgan. Amerikaning 
mashxur Prezidentlaridan Avraam Linkoln ham ana shunday fenomenal xotirani 
oʻz yaqinlari va ish yuzasidan u bilan bogʻliq boʻlgan xodimlarga nisbatan 
namoyon etib, lol qoldirgan ekan. Demak, xotira tarbiyasi, uni kerakli yoʻsinda 
rivojlantirish - kerak boʻlsa, shaxsiy obroʻ hamda ishdagi samara masalasi bilan 
bevosita bogʻliq ekan. 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling