Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob.
Toshkent davlat yuridik universitetiSeptember 29, 2022
Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Karimjonov Muhammadamin
Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob.
Korxonalarda mehnat intizomi halol mehnat uchun rag’batlantirish bilan, noinsof xodimlarga nisbatan esa jazo choralari qo’llash orqali tahminlanadi.
Quyida intizomiy jazolarni qo’llash yuzasidan eng ko’p beriladigan savollarga javob beramiz.
1. Intizomiy jazolar ketma-ketlikda qo’llanilishi shartmi?
Haqiqatdan ko’pchilikda intizomiy jazolar ketma-ket qo’llanilishi shart degan noto’g’ri qarash bor. Ya’ni birinchi marta nojo’ya xatti-harakat sodir qilgan shaxsga hayfsan, so’ng jarima va nihoyat mehnat shartnomasini bekor qilish.
Intizomiy jazolarni ketma-ket qo’llash shart emas. Nojo’ya xatti-harakatning og’irligi, uni sodir qilish holatlari, xodimning xulq-atvorini hisobga olib, istalgan turdagi intizomiy jazodan birini qo’llashingiz mumkin.
Faqatgina o’rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish hollari hamda mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning ro’yxati ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilishi shart.
2. Xodimga o’rtacha oylik ish haqining 1 % miqdorida jarima qo’llasa bo’ladimi?
Ha. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko’ra, xodimga o’rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda, ichki mehnat tartibi qoidalarida esa xodimga o’rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
E’tibor bering, moddada 30 yoki 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda deyilmoqda. Demak, xodimga o’rtacha oylik ish haqining 1 miqdorida jarima ham qo’llasangiz bo’ladi.
3. Jarima jazosi xodimning har oydagi oyligidan ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qiladiku?
Bu mutlaqo noto’g’ri. Avvalo, jarima jazosi oylik ish haqidan emas balki o’rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. O’rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qaroriga 6-ilova orqali tartibga solinadi.
Jarima bir nojo’ya xatti-harakat uchun faqat bir marta ushlab qolinadi, har oyda emas. 1 yillik muddat masalasiga kelsak, Mehnat kodeksining 183-moddasiga ko’ra intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo’llanilgan kundan boshlab 1 yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Ya’ni xodimga qo’llanilgan jarima faqat bir marta ushlab qolinadi, lekin jarima jazosining ta’siri 1 yil amal qiladi. Mana shu 1 yil davomida yoki intizomiy jazo olib tashlanmagagunga qadar xodimga rag’batlantirish choralari qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |