Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob
O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarni ham rag’batlantirish mumkinmi?
Download 29.41 Kb.
|
Mehnat intizomiga oid eng ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Sinov muddati bilan ishga olingan xodimlarni xodimlarni ham rag’batlantirish mumkinmi
- 17. Хodimga tanbeh, qattiq hayfsan kabi boshqa jazolarni ham qo’llasa bo’ladimi
15. O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarni ham rag’batlantirish mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandiga ko‘ra agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa lokal hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Demak, agar tashkilotning jamoaviy shartnomada yoxud boshqa lokal hujjatida alohida tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o’rindoshlarni ham rag’batlantirish mumkin. 16. Sinov muddati bilan ishga olingan xodimlarni xodimlarni ham rag’batlantirish mumkinmi? Mehnat kodeksining 86-moddasiga ko’ra, dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va korxonada o‘rnatilgan mehnat shartlari to‘liq tatbiq etiladi. Demak, dastlabki sinov bilan ishga olingan xodimni ham rag’batlantirish mumkin. 17. Хodimga tanbeh, qattiq hayfsan kabi boshqa jazolarni ham qo’llasa bo’ladimi? Mehnat kodeksi 181-moddasida intizomiy jazolar qat’iy belgilab berilgan. Bular: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. 3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llanish taqiqlanadi. Lekin, Mehnat kodeksining 18-moddasiga ko’ra, ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Davlat xizmatchilarining mehnatini tartibga solish xususiyatlari qonun bilan belgilanadi. Masalan, prokuratura organlari xodimlarining javobgarligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi 257-II-sonli Qonuni 48-moddasiga ko’ra, prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, prokuratura organlarining xodimlariga nisbatan o‘z xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, prokuratura xodimi degan nomga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etganligi uchun quyidagi intizomiy jazolar qo’llanilishi mumkin: 1. hayfsan; 2. o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima; 3. lavozimda pasaytirish; 4. darajali yoki harbiy unvonni bir pog‘onaga pasaytirish; 5. xizmat vazifalarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun xizmatdan bo‘shatish. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Intizom ustaviga ko’ra ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 1. tanbeh; 2. hayfsan; 3. qattiq hayfsan; 4. lavozim maoshining ellik foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima; 5. maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish; 6. egallab turgan lavozimidan ozod etish; 7. gaupvaxtada hibsda ushlab turish; 8. ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatish. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida Nizomga ko’ra esa, davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 1. hayfsan; 2. qattiq hayfsan; 3. xizmatga to‘liq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish; 4. maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish; 5. egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish); 6. gauptvaxtada hibsda ushlab turish; 7. bojxona organlari xizmatidan bo‘shatish. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining Intizom ustaviga ko’ra esa, xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 1. hayfsan; 2. qattiq hayfsan; 3. egallab turgan lavozimiga noto‘liq loyiqligi to‘g‘risida ogohlantirish; 4. maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish; 5. egallab turgan lavozimidan ozod etish; 6. gauptvaxtada hibsda ushlab turish; 7. Milliy gvardiya xizmatidan bo‘shatish. Download 29.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling