Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob


 Intizomiy jazo qo’llanilishidan avval tushuntirish xati, so’ng tilxat olish shartmi?


Download 29.41 Kb.
bet2/9
Sana09.02.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1179159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat intizomiga oid eng ko

4. Intizomiy jazo qo’llanilishidan avval tushuntirish xati, so’ng tilxat olish shartmi?
Ha. Jazo chorasi qo’llanishiga qadar xodimga yo’l qo’yilgan qonunbuzarlik sabablari va holatini yozma ravishda tushuntirish imkoniyati beriladi. Tushuntirish berishdan bosh tortish unga nisbatan sodir etilgan harakat uchun chora ko’rishga to’sqinlik qilishi mumkin emas. Xodimning tushuntirish berishdan bosh tortishi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Intizomiy jazo berilgani to’g’risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
5. Intizomiy jazoni olib tashlash uchun 6 oy o’tishi kerakmi?
Intizomiy jazoni qo’llagan ish beruvchi o’z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko’ra jazoni 1 yil o’tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli (MK 183-moddasi).
Demak, intizomiy jazoni olib tashlash uchun ma’lum bir muddat, masalan 6 oy belgilanmagan. Jazo istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin.
Xodimdan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi
6. Intizomiy jazo ustidan qancha muddatda shikoyat qilish mumkin?
Intizomiy jazo ustidan sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga shikoyat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
Hayfsan va jarima ustidan xodim o’z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab 3 oy;
Mehnat shartnomasini bekor qilish ( MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) yuzasidan esa xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy.
Muddatlar uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin (MK 270-moddasi).
7. Ish beruvchi xodimga nojo’ya xatti-harakati uchun bu holat aniqlangandan keyin 2 oy o’tgach hayfsan e’lon qildi. Shu to’g’rimi?
Noto’g’ri. Intizomiy jazo bevosita nojo’ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo’lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog’i bilan 1 oy ichida qo’llaniladi (MK 182-moddasi 5-qismi).

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling