Mehnat intizomiga oid eng ko’p beriladigan 25 savolga 25 javob


 Intizomiy jazosi bor xodimga bayram munosabati bilan mukofot puli bersa bo’ladimi?


Download 29.41 Kb.
bet4/9
Sana09.02.2023
Hajmi29.41 Kb.
#1179159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat intizomiga oid eng ko

12. Intizomiy jazosi bor xodimga bayram munosabati bilan mukofot puli bersa bo’ladimi?
MKning 180-moddasi 4-qismiga ko’ra intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilmaydi.
Lekin 180-moddasi 3-qismiga ko’ra ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar rag’batlantirish turlariga kirmasligi belgilangan.
Shunday ekan, mukofot puli korxonada o’rnatilgan mehnat haqi tizimi bo’yicha to’lansa, bu to’lov intizomiy jazo choralari qo’llanilgan xodimlarga to’lanishi mumkin bo’ladi.
Mukofot puli rag’batlantirish turiga kirish-kirmasligi tashkilotlarda xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan tarzda o’rnatilgan mehnatga haq to’lash tizimidan kelib chiqadi.
Mehnat kodeksining 153-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
13. Mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda (MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) ham kasaba uyushmasi qo’mitasi roziligi olinishi shartmi?
Ha. Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo’lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi (MK 101-moddasi).
14. Bizga prokuraturadan taqdimnoma keldi va unda hujjatni rasmiylashtirishda xatoga yo’l qo’ygan xodimga nisbatan intizomiy jazo qo’llash so’ralgan. Bu holatda ish beruvchi intizomiy jazo qo’llashga majburmi?
MKning 183-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo’llaniladi. Xodimga nisbatan MKning 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini tanlash, ushbu choralarni qo’llash yoki qo’llamaslik masalasi ish beruvchining huquqidir, majburiyati emas.
Demak, prokuratura organining taqdimnomasida ish beruvchidan xodimga nisbatan intizomiy jazo qo’llashni talab qilish emas, uni qo’llash masalasini ko’rib chiqishni so’rash yoki tavsiya qilish to’g’ri bo’ladi.

Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling