Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Tafakkur - inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va
hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir. 152 psixologiyasini ham kiritgan va uni eksperimental tarzda oʻrganib boʻlmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos deb hisoblagan. Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday boʻlsa ham shuni ta‘qildash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari - bu bilish jarayonlari; * ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli; * uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan oʻrganiladi; * toʻrtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir. Tafakkur predmetini belgilash uchun mukammal ta‘rif O.K.Tixomirovning darsligida kuzatiladi: ― Tafakkur- bu oʻz mahsuloti bilan voqyelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda umumlashmalar yangiligiga bogʻliq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir‖. Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan turli-tuman qarash va ta‘riflar mavjuddir. S.L.Rubinshteyn fikriga koʻra tafakkurni psixologik jihatdan oʻrganishning asosiy predmeti- jarayon, faoliyat tariqasida namoyon boʻlishdir, ya‘ni u subyekt faolligini ta‘kidlaydi. A.N.Leontyev esa tafakkurni turli koʻrinishlarga ajratib, fikr yuritish faoliyati ekanligini uqtiradi, lekin uni predmetli amaliy faoliyat deb nomlaydi. P.Ya.Galperin fikriga koʻra, tafakkur - bu oriyentirlash tadqiqot faoliyatidir. A.V.Brushlinskiy tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari kabi jihatlarini koʻrsatib oʻtadi. U tafakkurni umumlashtirib, unda yangilikni izlash va ochish xususiyati mavjudligini isbotlab bergan olimdir. Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish boʻlmay, narsalar va ularning xossalarini ular yoʻq paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan, Afrikaning subtropik xududlari toʻgʻrisida gap ketganda, umrida biror marta Afrikaga bormagan odam ham subtropiklik xossasini b i l g a n i uchun ham ushbu axborotni tushunib, uni qabul qila oladi. Sinov 153 paytida talaba kecha oʻqigan, laboratoriya sharoitida sinab koʻrgan qonuniyatlar xususida xuddi roʻparasida namoyon boʻlayotganday, obrazli qilib gapirib berishi, roʻy bergan hodisalarni yana formulalar va statistik hisob-kitoblar vositasida isbot qilib berishi ham mumkin. Bu operasiyalarning asosida tafakkur jarayonlari yotadi. Tafakkur qilishimizni ta‘minlovchi organ - bu bizning miyamiz. Barcha hisob-kitob ishlari - eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavxum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir boʻladi. Shuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror qiyinrok masala xususida fikr bildirishini soʻrasangiz, «hozir boshim ogʻrib turibdi, juda charchaganman, biroz oʻzimga kelay, keyin fikrlashamiz», deb javob beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati oʻzaro uzviy bogʻliq ekan. Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo boʻladigan murakkab, oʻta «aqlli» kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan. Kallamizga kelgan barcha uy - hayollar - bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib boʻlmaydi, har on, har dakikada odam miyasi kandaydir fikrlar bilan band boʻladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish - fikrlash jarayonidir. Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi ushbu turlarga boʻlinadi: 1. Mazmuniga koʻra: elementar; empirik; tushunchali; nazariy. 2. Fikrning yoʻnalishiga koʻra: xususiydan umumiyga; umumiydan xususiyga; yakkadan umumiyga va undan xususiyga; umumiydan xususiyga va oʻsha umumiydan yanada umumiyga; kamroq umumiydan yanada umumiyga; yagona umumiy holatdan yanada umumiyroqqa. Fikrlash jarayoni aslida ma‘lum bir masala, muammo, jumboqni hal qilish kerak boʻlganda paydo boʻladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks xolda u boshqa jarayonga - hayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Fikr, gʻoya, aniq yechim boʻlmaganda, inson miyasining borlikdagi narsa va hodisalar mohiyatini aks ettirishi hayol deb ataladi. Shuning 154 uchun ham doʻstlar davrasida ba‘zan muammo xususida tortishuv boʻlib qolganda, aniq bilimi yoki gʻoyasi yoʻqligi tufayli kallasiga kelgan narsani aytgan bolaga qarab «Juda olib qochishga ustasan-da, hayolparast» deyishadi. Shunday qilib, muammo yoki jumboqlar bizni fikrlashga majbur etadi. Masalan, shunday masalani olib koʻraylik. Sizga mixlar solingan bir karton quticha va ikkita sham, bolgʻacha berilgan. Vazifa: eshikka shamni oʻrnatib, yoqib qoʻyish kerak. Kim qanday yechadi? Albatta, birdaniga toʻgʻri yechimga kelish qiyin. Agar kutichani boʻshatish mumkinligi va uni shamdon sifatida eshikka kokish mumkinligi toʻgʻrisida fikr kallaga kelmaguncha, yechimni topish qiyin. Ayni shu masala ikki xil shart bilan berilgan: bittasida kuticha mixlar bilan tula deyilgan, ikkinchisida quticha boʻsh deb berilgan. Ikkinchi holatda bolalar uning yechimiga tezroq kelishgan. Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yechish mobaynida odam uning shartlarini bir necha variantlarda tasavvur qilsagina yechimga kelarkan. Agar idrok bilan bogʻlaydigan boʻlsak, figura fonga, fon esa figuraga aylanadi, ularning oʻrinlari almashadi va hakozo. Bundagi individual farq shundaki, ba‘zi bolalar yechimga toʻgʻridan-toʻgʻri figura asosida keladi, boshqalar esa bir necha yechimning variantlarini koʻzoldiga keltirib, soʻngbir qarorga keladi. Kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir juda sekin. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon oʻtirgan ikki bola bir xil yechimni belgilaydi, lekin oʻsha yechimga kelish yoʻllari har birida oʻziga xos boʻladi. Aynan shu jarayonning qanday kechishini tafakkur psixologiyasi oʻrganadi. Muammoning yechimi ba‘zan birdan, yorkin yulduzday yark etib paydo boʻladi. Bunday psixologik holat psixologiyada Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling