Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi Nutq turlari


Download 435.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.04.2023
Hajmi435.64 Kb.
#1318025
  1   2   3   4
Bog'liq
referat




Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi 
Reja: 
1.Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi 
2. Nutq turlari 
 
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Odam nutq bo’lmasa, til 
vositalari bo’lmasa fikr qilolmaydi. Yuqorida aytib o’tilganidek, nutq fikrlash 
qurolidir. Tafakkur bo’lmasa nutq til bo’lishi ham mumkin emas. 
Fanga xilof bo’lgan burjua idealistik ta`limot uchun xarakterli narsa shuki, 
u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo’yadi. Masalan, psixologlarning 
Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, 
Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur jarayonlari obrazlardan - 
idroklar va tasavvurlardan mustaqil ravishda, shuningdek, nutq tildan mustaqil 
ravishda sodir bo’ladi, deb isbot qilmoq uchun, buni hatto tajriba qilib ko’rsatishga 
ham urinib ko’rdilar. 
Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur bo’lishi 
mumkin, degan idealistik ta`limot butunlay asossiz ta`limotdir. Tafakkur idrok va 
tasavvurlardan mustaqil sur`atda o’sa olmaydi. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham 
bo’lmaydi, til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi. 
Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta`riflarimiz, xulosalarimiz til materiallari 
va gaplar yordami bilan ifodalanadi. Til materiallari va gaplar vositasi bilan analiz 
va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi.
Til materiallari bo’lmasa, biz hatto eng oddiy hukmni ham o’zimiz uchun 
ifodalay ololmaymiz - biz shu onning o’zida idrok qilib turgan buyumlar 
to’g`risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytolmaymiz. Biz so’zlar 
bo’lmasa, bitta ham tushunchani fikrimizga joylashtira olmaymiz. 
Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o’z fikrlarini ayta 
oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laganlarida, tafakkur 
natijalarini va o’tmish ajdodlarning bilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlarini til 
yordami bilan o’zlashtirib oladilar va ayni vaqtda o’z fikrlarini va bilimlarini 
avlodlariga topshiradilar. 
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan 
bo’ladigan nutq aloqalarida o’sdi - tafakkurning mantiqiy shakllari ishlab chiqildi. 
Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan 
bo’ladigan nutq aloqalari jarayonida o’sib boradi. 
Lekin biz tafakkur, nutq va til bir-biriga chambarchas bog`langan 
deganimizda shuni ham nazarda tutishimiz kerakki, nutq bilan tafakkur aynan bir 
narsa emas, nutq bilan tafakkurni, fikr bilan tilni bir-biriga aynan teng deyish 
yaramaydi. Biz ba`zi burjua psixologlarining tafakkur bilan nutq aynan bir narsa, 
deb da`vo qiluvchi soxta ta`limotini qat`iyan rad qilishimiz lozim. 
Agar nutq bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganda edi, boshqa birovning 
nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq, tushunib olingan bo’kur edi. 
Modomiki, birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq 



tushunib bo’lmas ekan, binobarin, tafakkur bilan nutqni ham aynan bir narsa deb 
bo’lmaydi. 
SHunday ham bo’ladiki, ayni bir fikrning o’pini turli odamlar va ayni bir 
kishining o’pi turli hollarda, turli so’zlarda, turli iboralarda ifodalaydi. Misol uchun 
matematikaning quyidagi ta`rifmi ko’rsatish mumkin: plus-plusga ko’shilganida
va minus-minusga qo’laytirilganida plus hosil bo’ladi, plus minusga 
ko’`aytirilganida esa minus hosil bo’ladi. SHu fikrning o’zi boshqa bir iborada 
ifodalanishi mumkin: bir xildagi alomatlarga ega bo’lgan raqamlar bir-biriga 
ko’paytirilganda musbat raqam hosil bo’ladi, alomatlari turlicha bo’lgan raqamlar 
bir-biriga ko’paytirilganida manfiy raqam hosil bo’ladi. Nutq bilan tafakkur aynan 
bir narsa bo’lganida edi, bunday hodisalarning bo’lishi mumkin bo’lmas edi. 
Tafakkur bilan nutq o’rtasida farq borligini shu faktdan ham bilish 
mumkinki, ayni bir fikrni grammatik tuzilishi turlicha bo’lgan turli tillarda 
(masalan, rus, o’zbek, xitoy va boshqa tillarda) aynan bir ma`no bildiradigan qilib 
ifodalash mumkin. 
Agar til bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganida edi, u holda hamma 
tillarda grammatik tuzilish ham aynan bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak edi, yoki 
har qaysi millatda shu millat tilining grammatik tuzilishiga muvofiq ravishda, 
tafakkur shakllarining tuzilishi ham turlicha bo’lishi kerak edi. Har bir xalqda 
o’ziga xos mantiq bo’lishi lozim edi. Lekin bunday holda, turli millat odamlarining 
bir-birlarini tushunishlari mumkin bo’lmadi, aynan bir fikrni bir tildan ikkinchi 
tilga tarjima qilish mumkin bo’lmadi. Til bilan tafakkurning bevosita aloqasi faqat 
tilning tafakkur uchun bo’lgan ahamiyatidagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu 
bilan birga, tafakkurning til uchun bo’lgan ahamiyatida ham ifodalanadi. 
Tafakkurning taraqqiyot tarixida tilning roli qanchalik katta bo’lsa, tilning 
taraqqiyot tarixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. Grammatika 
qonunlarini, shakllarini va qoidalarini tuzishda hamda ularning takomillashib 
borishida tafakkur, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Har bir kishidagi tafakkurning o’zishi shu kishi nutqining o’sishi bilan 
bab-baravar bo’lganidek, shu kishi nutqining o’sishi ham undagi tafakkurning 
o’sishiga bog`liq bo’lgan. Grammatika shakllari va qoidalarini o’zlashtirish 
jarayonining o’zi odamning o’z tafakkurini zo’r berib ishlatishini talab qiladiki, bu 
hammaga ma`lumdir. 
SHunday qilib, tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu 
ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog`langan, bir-birini taqozo qiluvchi va bir-
biridan tashqarida voqe boimaydigan va o’sa olmaydigan hodisadir. Nutq va 
tafakkur bir-biri bilan dialektik birlik asosida bog`langandir. 
Nutq bilan tafakkurning birligini Pavlovning ikkinchi signal sistemasi 
to’g`risidagi ta`limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal 
sistemasi bilan bir-biriga o’zaro ta`sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning 
ham nerv-fiziologik negizini tashkil qiladi. 
Biz nutq ishlab chiqishda shug'ullanuvchi ko'nikmalarini olishga 
moyilmiz. Hatto yosh bolalar oqilona va grammatik adolatli gaplashishda, odatda, 
usta. Biroq, nutq aslida turli ko'nikmalarni o'z ichiga olgan murakkab faoliyat 



hisoblanadi. Bu kimga, tegishli so'zlar uni izhor tanlash uchun grammatik o'sha 
so'zlarni tashkil qilishi, va bir haqiqiy so'z kirib demoqchi , aytish istagan narsani 
o'ylab qobiliyatini o'z ichiga oladi.

Download 435.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling