Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi Nutq turlari


Download 435.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana01.04.2023
Hajmi435.64 Kb.
#1318025
1   2   3   4
Bog'liq
referat

Faol va passiv nutq 
Faol nutq biror narsa gapirayotgan va yozayotgan kishining nutqidir. 
SHuningdek, kishi biror shaxsga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob 
yozayotgan, yozuvchi o’zining adabiy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol 
nutq bo’ladi. 
Boshqa birovning faol nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv 
nutqdir. Gapirayotgan kishining so’zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani 
o’qiyotgan kishi boshqa bir kishining faol nutqini o’zicha takrorlagandek bo’ladi. 
Masalan, o’qituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o’quvchilar esa uning darsini 
eshitayotganlarida o’qituvchining nutqi faol nutq bo’ladi, o’quvchilarning shu 
nutqni idrok qilish, ya`ni tushunish jarayoni esa passiv nutq bo’ladi. 
Boshqa birovning nutqini, shu nutq so’zlanayotgan tilni o’zimiz 
bilganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o’zlashtirishimiz 
mumkin. Ammo shunda ham o’sha nutqni idrok qilishimiz hamisha bayon 
qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq bo’lavermaydi. Ba`zan boshqa bir 
kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto’g`ri tushunish, so’z 
illuziyaiari va boshqa shu kabilarning hosil bo’lishiga sabab ham shudir. Passiv 
nutqning bu xususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada etukligiga 
bog`liq bo’ladi. Gapirayotgan kishi o’z nutqining mazmunini va shaklini shu 
nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko’lda tutib tuzadi. 
CHunonchi, o’qituvchi o’z nutqining o’quvchilar qanchalik tushuna olishini 
nazarda tutib, so’zlayotgan nutqini shunga qarab tuzadi. 
Har bir kishi passiv nutqni faol nutqqa qaraganda, birmuncha oldinroq 
egallaydi. YOsh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan bo’ladi, so’zgra o’zi 
ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o’rganish 
vaqtida o’rganilayotgan tilda faol nutqni egallash passiv nutqni egallashga 
qaraganda birmuncha keyinda qolib boradi. 
Biz yuqorida bayon qilgan nutq faoliyatini klassifikatsiya qilishda uni turli 
belgilarini asos qilib olamiz va shunga binoan uni turlicha turlarini ajratish 
mumkin: 
1. Nutqning psixofiziologik mexanizmiga qarab: 
a) xor bilan aytiladigan nutq; 
b) exolik nutq; 
d) atash nutqi
e) kommunikativ nutq. 
2. Nutqni rejalashtirish nuqtayi nazaridan: 
a) faol nutq; 
b) reaktiv nutq;
d) yozma nutq 
3. Nutqni ixtiyoriylik darajasiga qarab: 



a) ixtiyorsiz nutq;
b) ixtiyoriy nutq 
4. Eksteriozirizatsiyalashgan va interiorizatsiyalashgan xarakteriga qarab: 
a) ichki va tashqi nutqqa ajratiladi. 
Xor bilan aytiladigan nutq ko’pchilikning baravar aytadigan nutqidir. 
Masalan: o’qituvchi sinfga kirishi bilan talabalar «Assalomu alaykum» deb uni 
qarshi oladigan nutq xor bilan aytiladigan nutqdir. 
Exolik nutq bu akssado beruvchi nutq bo’lsa, atash nutqi narsalarning 
nomi bilan izohlanadi. Masalan: «Bu pedogogika institute, «stol», «shkaf», «kitob» 
va h.k. Kommunikativ nutq ikki yoki undan ko’proq kishilar bilan o’zaro 
munosabatga kirishuvdagi nutqdir. 
Nutq turlaridan o’zining xususiyatlariga qarab o’zaro munosabatlarda 
maqsadga muvofiq ravishda foydalaniladi, faoliyat maqsadiga ko’ra munosabatga 
kirishiladi. 
So’zlayotgan, mustaqil fikrlab yozayotgan nutq faol bo’lmagan nutq 
bo’lsa, tez fikrlab bayon qiladigan nutq faol bo’lmasa, tez fikrlab bayon qiladigan 
nutq reaktiv nutqdir. YOzma nutq bevosita aloqa vositasi bo’lmasdan balki 
uzoqdagi odamlar bilan aloqa bog`lash vositasidir. U so’z belgilari asosida fikrlarni 
bayon qilish usulidir. Nutqlar ichida eng murakkab nutqdir. CHunki u atrofdagi 
kishilarga mo’ljallangan bo’lishi uni mazmunan tushunarli bo’lishini, grammatik 
jihatdan to’g`ri tuzilishi kerak. Ixtiyorsiz nutq tashqi ta`sirlar natijasida paydo 
bo’ladigan nutq bo’lsa, ixtiyoriy nutq o’z ixtiyorimiz bilan yozayotgan
fikrlayotgan vaqtimizdagi nutqdir. U monolog, dialog, yozma va og`zaki bayon 
qilinishi mumkin. 
Eksteriorizatsiyalashgan (tashqi) nutq boshqa odamlar bilan aloqa 
qilishinizda foydalaniladigan, biror kishiga qaratiladigan, biror nimani xabar 
qiladigan nutqdir. Interiorizatsiyalashgan (ichki) nutq fikrlar boshqalarga bayon 
qilinmasdan ichida ifodalanadigan va ovoz chiqarib aytilmaydigan nutqdir. U 
kishining o’zi uchun yaratilgan. Biror narsadan xursand bo’lganimizda yoki qattiq 
ta`sirlanganimizda o’zimiz bilan o’zimiz «gaplashamiz». Qattiq ta`sirlanganimizda 
bexosdan ovoz ham chiqarib yuboramiz. 
Nutqning hamma turlari ham hayotimizda muhim ahamiyatga egadir. 

Download 435.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling