Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Intellekt haqida tushuncha. 


167 
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. 
V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi 
hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular 
o‗z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‗quvchilarini logityud metodi 
orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) 
aniqlab olindi. O‗quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 
40, 50,60 yil oralig‗ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori 
bo‗lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‗rsatkichlarni ko‗rsatishgan. IQ 
koeffitsenti pastroq bo‗lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‗laroq 30 marta kam 
yutuqlarga erishishgan.
Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‗zaro bog‗liqligini 
tahlil qilib ko‗raylik. 
Intellektni go‗yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan 
moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‗ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. 
Psixologlarning fikricha bu g‗oya noto‗ridir . Sababi evolyusion rivojlanish 
nazariyasida 
insoniyatning 
antropogenez 
rivojlanishning 
asosiy 
omilini 
intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‗tilgan. Olovni o‗zlashtirish va qurollar 
yasash bunga misol bo‗la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik 
kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‗ymoqda . Kim birinchi bo‗lib buyuk 
kashfiyotni, o‗q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‗zlashtirish mumkinligini o‗ylab 
topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‗lsa, unda intellekt 
qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy 
muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‗rnini pasaytirmoqda. 
Ma‘lumki, ba‘zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba‘zi insonlar gumanitar fanlar 
yuzasidan qobiliyatga ega bo‗lishadi. YAna yuqori darajadagi talantga ega 
bo‗lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib 


168 
matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‗lishini kuzatganmiz. Bunday 
insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. 
8
Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha 
insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‗ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli 
analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‗liq elementlarning muvaqqat 
bog‗lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy 
yig‗indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‗liqdir deb tushuntirgan. SHu 
kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya‘ni intellektni bir taraflama 
baholash nazariyasi ko‗plab noroziliklarga sabab bo‗lgan. Spirmendan farqli 
o‗laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni 
joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta 
klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham 
xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy 
qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‗tarish bo‗yicha jahon 
chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‗ullanishi mumkin. 
CHunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida 
ko‗radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal 
qilishda yordam beradi.
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va 
Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. 
Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‗lsa, 
demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga 
moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‗tib, 
qobiliyatlar bir-biriga ta‘sir eta boshlao‗idir. X.Gardner intellekntni bir necha 
qobiliyatlar yig‗indisi deb qaragan. U o‗z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda 
o‗tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‗ndirishi mumkin lekin qolgan 
qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan. 
8
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 409р


169 
Gardner o‗z tadqiqotini bosh miyasi ba‘zi qismlari fiziologik jihatdan 
shikasitlangan sinaluvchilarda o‗tkazgan. Ular ko‗pincha intellekt testlaridan quyi 
ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba‘zilarida nutq rivojlanmagan. 
Lekin qo‗shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish 
qobiliyatiga ega bo‗lishgan. Ba‘zilari, biror tarixiy kun bilan bog‗liq sanalarni 
yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham 
muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner 
shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. 
Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‗rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‗tadi. Agar 
shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi 
natijalarga erishadi deb aytib bo‗tgan.
R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‗oyasiga qo‗shilishgan Lekin shaxsda 
aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan: 
Masalani echishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni 
aqliy testlardagi yagona to‗g‗ri javobni belgilash bilan baholanadi 
Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun 
muammolarning ko‗plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi. 
Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‗zining reaksiyasini 
ko‗rsatishi bilan ajralib turadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo‘lmish ijodiylik muammosi chet el 
psixologiyasida juda chuqur o‘rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi 
tarzida talqin qilingan. Biz bu ta‘rifdan ―ijodiy‖ deb foydalanmasligimizga sabab 
(―create” - inglizcha ―ijod qilish‖ demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning 
yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo‘lmasligi uchun ―kreativlik‖ atamasidan 
foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil 
ravishda o‘rganilmoqda. Lekin biz o‘z tadqiqotimizda ―kreativlik‖ atamasini 
o‘zbek tilida shartli ravishda ―aqliy ijodiylik‖ deb atadik va uni mustaqil 
fikrlashning psixologik asosi sifatida o‘rganishni lozim topdik. SHunday qilib, 
bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning 
nostandartligi, uning mustaqilligi va ―kreativligi‖ nazarda tutiladi. 


170 
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an‘anaviy testlari va muammoni 
yechishning muvvafaqiyati o‘rtasida bog‘lanish yo‘qligi haqidagi ma‘lumot turtki 
bo‘lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma‘lumotlarni, qo‘yilgan 
vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo‘sindan foydalanish qobiliyatiga 
bog‘liqligini ifodalaydi. 
1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning 
ko‘rsatkichlari orasida bog‘liqlik yo‘q, degan ma‘lumotni matbuotda e‘lon 
qilishgan. Ular ijodiylikni o‘lchash uchun o‘zlarining (Sr) koeffitsentini 
kiritishgan, xolos. Aqliy iste‘dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati 
qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o‘lchanib, IQ koeffitsenti bilan 
belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy 
ijodiylikka qarama-qarshi qo‘yishga omil bo‘lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 
60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta‘rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik 
ta‘riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta‘rif 
(ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog‘ini tuzish sifatida 
ta‘riflanadi), innovatsion (yangi) ta‘rif (so‘nggi natijaning yangiligi bo‘yicha 
ijodiylikni baholashga yo‘naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining 
o‘zini-o‘zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni ―U‖, ―Men‖ 
va ―Ideal - Men‖ o‘rtasidagi o‘zaro munosabat deb ta‘riflovchi); muammoli 
(ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning 
―Ijodiylik 

divergent 
qobiliyat 
jarayonidir‖, 
degan 
ta‘rifini 
ham 
mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta‘riflangan tiplarning 
birortasiga ham kirmaydigan har xil ta‘riflarni kiritish mumkin (masalan, 
―umuminsoniy‖ bilimlar zaxirasini to‘ldirish) 
Hozirgi davrda to‘plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta‘riflar mazmuni, 
mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, 
―ijodiylikning nimaligini tushunishning o‘zi ijodiy harakatni talab qiladi. So‘nggi 
yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi 
narsaga erishish deb, ya‘ni ―boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni 
o‘zgartirish uchun qilgan harakatlari‖ sifatida ta‘riflaydilar 


171 
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilaridan biri 
M.Wallachning ta‘kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori 
ko‘rsatkichlarda o‘zaro bog‘lanmagan. U 11-12 yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi 
intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib 
ko‘rsatadi: 
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o‘quvchilar o‘zlarini 
to‘g‘ri baholaydilar, ularda o‘zini-o‘zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi 
narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar; 
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o‘quvchilar maktabda 
muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o‘z sirlarini yashiradilar, o‘zlarini 
pasaytirib baholaydilar; 
intellektual darajasi past va ijodiylik ko‘rsatkichi yuqori o‘quvchilar xavotirli, 
e‘tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar; 
intellektual darajasi va ijodiylik ko‘rsatkichi quyi o‘quvchilar vaziyatga oson 
moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub‘ektlar o‘zlarini 
to‘g‘ri baholaydilar. 
Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o‘rtasidagi munosabat 
o‘quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta‘sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli 
bo‗lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik 
mezonlaridan 
biri 

bu 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling