Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda 
har tomonlama bilishga intilish; tafakkur kengligibu savolni yaxlitligicha, shu 
bilan birga zarur bo‗lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. 
tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan 
turli aloqalarda ko‗rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. tafakkurning chuqurligi 
murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni ikkinchi darajalilardan
zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. tafakkur chuqurligigiga 
qarama-qarshi sifat bo‗lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam 
mayda-chuydalarga 
e‘tibor qaratib, asosiysini ko‗rmaydi. tafakkurning 
mustaqilligi insonning yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning 
yordamidan 
foydalanmasdan 
ularning 
echimini 
topish 
malakasi 
bilan 
xarakterlanadi. Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan qo‗llanilib 
kelayotgan usullarning ta‘siridan holi bo‗lishda, sharoit o‗zgarganda harakatlarni 
tezda o‗zgartirish malakasida ifodalanadi. tafakkurning tezligi – insonning yangi 
vaziyatda o‗zini yo‗qotib qo‗ymaslik, o‗ylab olgan holda to‗g‗ri qaror qabul qilish 
qobiliyati. aqlning sertashabbusligini insonning o‗ylamasdan masalaning bir 
tomonini ushlab olib, qaror qilishga shoshishi, etarlicha o‗ylanmagan javoblar 
bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim. Aqlning tanqidiyligi 
– bu inson o‗zining va boshqalarning fikrlarini ob‘ektiv baholashi,ilgari 
surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib 
chiqish malakasi. tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob‘ektning barcha 
ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat‘iy izchilligiga 
rioya qilish qobiliyati. tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va 
xulosalarning to‗g‗riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish 
qobiliyati.aql ijodkorligi – ijodkorlik tafakkuriga bo‗lgan qobiliyat. tafakkurning 
salbiy sifati uning rigidligi hodisa mohiyatiganisbatan xolis bo‗lmagan 
munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi baholarga 
berilganlik hisoblanadi. 
Inson aqliy rivojlanganligining ko‗rsatkichi sub‘ektning tashqi cheklovlar 
bilan bog‘lanmaganligidir. 
Shunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari yuqorida 
ko‗rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg‗unlikda ifodalanadi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling