Andijon Mashinasozlik Instituti ib va kt fakulteti k-36-22 Guruh Talabasi Abdullajonov Abduraufning “Elektronika va Sxemalar” Fanidan Tayyorlagan mustaqil ishi


Download 81.54 Kb.
bet2/3
Sana30.09.2023
Hajmi81.54 Kb.
#1690130
1   2   3
Bog'liq
Abdullajonov(E va Sxemalar )

Alomat, Parametr

Avlodlar

I (1946-1955 y.y.)

II (1955-1965 y.y.)

III (1965-1970 y.y.)

IV (1970-1980 y.y.)

V (1980 yildan)

Asosiy Komponentlar

Elektro- Mexanik rele, Elektron lampalar

Yarimo‘tkaz gich asboblar (diodlar, tranzistor lar)

Integral sxemalar - (IS)

Katta integral sxemalar (BIS)

O‘ta katta integral sxemalar (SBIS)

Asosiy komponentlarning tezkorligi (kechiktirishi)

1 ms

1 mks

10 ns

1 ns

< 1 ns

Komponentlarning joylashish zichligi [1/sm3]

0,1

2-3

10-20

1000

>10000

Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular ingichka shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi. Standart tom onidan quyidagi atama va ta’riflar yetakchi tasnifli guruhlarda belgilangan. 1. Sxema elementi — sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va m a’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajaruvchi, masalan, nasos, transformator, kompressor, mufta kabilar. 2. Moslama — yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, apparat, mexanizm biror buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin. 3. Funksional guruh — yagona konstruksiyaga kirmasa-da, buyumda m a’lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi. 4. Funksional qism — ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi. 5. Funksional zanjir — m a’lum yo‘nalishda ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt. 6. O‘zaro bog‘lanish chizig‘i — buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi. 7. O‘rnatish — energetik inshhootlarda sxemasi chiziladigan obyektning shartli nomi. Birinchi IMSlar 1958-yilda yaratildi. IMSlaming hajmi ixcham, og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo'lib, hozirgi kunda uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo'tkazgichli va gibrid.
1965-yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Murqonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 104-10° ta bo'lgan o'ta yuqori (O'YU IS) va giga yuqori (GYU IS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda. Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo'lish muhim. Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan birqatorda elektronikaning yangi yo'nalishi — nanoelektronika jadal rivojlanmoqda. Nanoelektronika o'lchamlari 0,1 dan 100 nm gacha bo'lgan yarimo'tkazgich tuzilmalar elektronikasi bo'lib, mikroelektronikaning mikrominiatyurlash yo'lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyo va yarimo'tkazgichlar elektronikasining so'nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi. So'nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, ya’ni zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlarning negiz elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o'ta yuqori chastotali tranzistorlar, birelektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar hamda boshqalar yaratildi. Nanoelektron O'YIS va GYIS mikroprotsessorlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Shvetsiya Qirolligi fanlar akademiyasi ilmiy ishlarida tezkor tranzistorlar, lazerlar, integral mikrosxemalar (chiplar) va boshqalarni ishlab chiqish bilan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asos solgan olimlar: J.I. Alferov, G. Kremer, Dj.S. Kilbini Nobel mukofoti bilan taqdirladi. Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda funksional elektronika rivojlanmoqda. Elektronikaning bu yo'nalishi an’anaviy elementlar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensatorlar)dan voz kechish va qattiq jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit, akustik va h.k.)lardan foydalanish bilan bog'liq. Funksional elektronika asboblariga akustoelektron, magnitoelektron, kriogen asboblar va boshqalar kiradi. Elektronika va sxemalar1 —zamonaviy fan va texnikaning elektronlar va boshqa zaryadlangan zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish hamda ularda qo’llanilgan sxemalarni usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika, zanjirlar nazariyasi kabi fanlar Elektronika va sxemalarning asosini tashkil qiladi. Elektronika va sxemalarda axborotni diskret va uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish, almashtirish masalasi ham oʻrganiladi.
Elektronika va sxemalarning asosiy ilmiy masalasi vakuum, elektromagnit maydon, bir jinsli boʻlmagan muhitda zaryadlangan atom zarralarining harakati va bu bilan bogʻliq fizik hodisalarni oʻrganish va amaliy yoʻnalishini belgilash, amaliy masalasi esa axborotni hosil qiluvchi, oʻzgartiruvchi va uzatuvchi tizimlarda, hisoblash texnikasida, energetik qurilmalarda, ishlab chiqarish texnologiyasida har xil vazifalarni bajaruvchi elektron asbob va qurilmalar yaratish hamda ularni o’rganishdan iborat. Elektronika va sxemalarning bugungi kundagi yutuqlari radiotexnika taraqqiyoti, tranzistorlar, uzatuvchi televizion trubkalar yaratilishi bilan uzviy bogʻliq. Olimlar J.K.Maksvem, O.U.Richardson, T.A.Edison, T.Gers, Gʻ.V.Rentgen, J.Tomson, X.K.Lorentsyatlsh ishlari 20-asr boshida Elektronikaning fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi. Rus olimlari A.G.Stoletov, A.BonchBruyevich, N.G.Basov, A.M.Proxorov, S.V.Vavilov, A.A.Chernishev va boshqalar, amerika olimlari Ch.Tauns, L.De Forest,Z.Varvan, R.Varman, R.Kompfner va boshqalar bu fan taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshishdi.
Xulosa
Elektronika va ishlab chiqarishlar bugungi texnologik dunyoning asosini tashkil etuvchi muhim sohadir. Bugungi kunda hayotimizning deyarli barcha sohalarida qo'llaniladigan qurilmalar va tizimlarning ishlashida elektronika muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, elektronika va sxemalarni tushunish zamonaviy dunyoning texnologik rivojlanishini tushunish uchun juda muhimdir.
Xususan, bugungi kunda kommunikatsiya texnologiyalari va internet elektronika sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli mumkin bo‘ldi. Ilg'or mikrochiplar, yarimo'tkazgichlar va boshqa komponentlardan foydalanish bilan elektronika kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Bundan tashqari, elektron texnologiyalar tarixidagi o'zgarishlar bugungi texnologik dunyoni shakllantirishda muhim rol o'ynadi. Masalan, dastlabki kompyuterlarni qurishda foydalanilgan elektron komponentlar hozirgi kompyuterlarning asosini tashkil etuvchi qismlarning rivojlanishiga hissa qo'shdi.

Download 81.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling