Andijon Mashinasozlik Instituti Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi va Audit yo’nalishi


Download 0.99 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1062451
1   2   3
Bog'liq
Baxtiyorjon


1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam bo’lmagan va 65 dan ortiq bo’lmagan, saylanish huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Qonunda shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti xalq deputati bo’lishi mumkin emasligi ham ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning 89-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytda ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning o’zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo’ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo’lib, davlat hokimiyati organlarining o’zaro uyg’un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi”
Agar O’zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o’z vazifasini bajara olmasligi O’zbekiton Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo’shma qaroriga ko’ra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o’n kun muddat ichida palatalarning qo’shma favqulodda yig’ilishida deputatlar, senatlar orasidan uch oygacha bo’lgan muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o’tkazilishi shart.
97-moddaga muvofiq, vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.
Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasiga tarkibida o’z lavozimi bo’yicha kiradi.
Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ko’rinib turganidek, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o’z kafolatlarini ijro etish maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Xulosa:O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning davlat va ijroiya hokimiyati boshlig’i sifatida yurgizib va amalga oshirib kelayotgan dono siyosati va qat’iyati mamlakatimiz taraqqiyotiga olib keldi. Ayni paytda uning davlat boshlig’i sifatida chuqur o’ylangan oqilona ichki va tashqi siyosati ham dunyoda allaqachonoq e’tirof etildi.
Shunday qilib, Islom Karimov katta siyosat sahnasiga ko’tarilganidan hozirga qadar davlatni mustahkamlash, fuqarolar tinchligi, xavfsizligini ta’minlash, O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish yo’lida turli siyosiy-ma’naviy vosita va usullardan foydalanib kelmoqda. Uning Vatan, xalq millat, barcha o’zbekistonliklar oldida olijanob xizmatlari beqiyos.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling