O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOT YO’NALISHI SIRTQI BO’LIM 4-KURS 385-19-GURUH TALABASI NING
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH”
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Iqtisodiy tizimda xufyona iqtisodiyotning o’rni va funksiyalari
Bajardi:
Qabul qildi:
Andijon-2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I Bob. Xufyona iqtisodiyotning mohiyati, tarkibi, sabablari va oqibatlari …...5
1.1. Xufyona iqtisodiyotning mohiyati………………………………………...…...5
1.2. Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari va sohalari..…10
1.3. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari…………………...13
II Bob. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash, uning miqyoslari va xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi sifatida……………………….17
2.1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullari………………...………...17
2.2. O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami.…………...….......25
2.3. Xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi………………..........29
Xulosa…………………………………………………………………………….34
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….36
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbliligi. Xufyona iqtisodiyot (uni norasmiy, kuzatilmagan, yashirin iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiyiqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir.
Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar xx asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda1.
Huquqning iqtisodiy nazariyasi va jinoyatchilikning iqtisodiy nazariyasi neoinstitutsionalizmning oqimlari hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni tadqiq etish bilan ko‘pincha an’anaviy institutsionalizm namoyandalari bo‘lgan iqtisodchi va sotsiologlar shug‘ullanishadi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va jamiyatning globallashuvi, integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatlar o‘rtasidagi rasmiy chegaralarning yemirilib borishiga olib kelmoqda. Rivojlangan dunyo birlashib chegaralarni yo‘q qilib ittifoqlar tashkil etmoqda. Bunday sharoitda dunyoning har qanday burchagida yuzaga kelgan ilg‘or (ham yaxshi, ham yomon ma’noda) usullar jadal ravishda butun dunyoga tarqab ketmoqda. Shu sababdan iqtisodiyotning norasmiy iqtisodiyotni namoyon bo‘lish shakllarini, ularni aniqlash va baholash usullarini, shu bilan birga unga qarshi kurashi (zarur bo‘lgan hollarda) yoki legallashtirish yo‘nalishlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, sog‘lom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi.Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlasin”, -deb ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |