Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo
-jadval. Xufiyona iqtisodiyotni tiplashtirish mezonlari
Download 0.74 Mb.
|
Iqtisodiy tizimda xufyona iqtisodiyotning o’rni va funksiyalari
1-jadval. Xufiyona iqtisodiyotni tiplashtirish mezonlari
Ikkinchi tomondan qaraganda, zamonaviy xufyona iqtisodiyot faqatgina bozor erkinligini cheklash natijasida vujudga kelgan, deb bo‘lmaydi, bunga ma’lum jihatdan bozor munosabatlarining tabiati ham sabab bo‘lgan. Bozor xo‘jaligi foydani ilohiylashtirishga, daromadga sig‘inishga asoslangan holda shakllantiriladi. Shu sababdan bir lahzada katta daromadga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga kelganda, ba’zi insonlar yoki insonlar guruhi jamiyat manfaatlaridan o‘zlarining manfaatlarini yuqori qo‘yishadi. Boylikka ega bo‘lish ishtiyoqi ko‘proq “ikkinchi” va “qora” yashirin iqtisodiyot uchun xosdir. Xufyona iqtisodiyotning vujudga kelish va rivojlanish sabablari va omillari xilma-xil bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 1.Antropologik omillar, ya’ni insonning qarama-qarshi tabiati, undagi yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash xususiyatlari. 2.Iqtisodiy omillar: davlatning soliq siyosatidagi kamchiliklar, bozorning tovar va xizmatlar bilan to‘yinmaganligi; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanat va balansning mavjud emasligi;iqtisodiyotning siklik tebranishlari, aholi xarid qobiliyatining pastligi; transaksiya xarajatlarining yuqoriligi; 3.Huquqiy omillar: qonunchilik bazasining takomillashmaganligi, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash mexanizmining mukammal emasligi; huquqni himoya qilish 4.Ijtimoiy-siyosiy omillar: ijtimoiy-siyosiy vaziyat, davlatga ishonch darajasi; jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal etilishi darajasi; aholining ijtimoiy-psixologik kayfiyati; davlatning xususiy mulk va sektorga munosabati; 5.Ijtimoiy omillar: aholining tabaqalanishi darajasi; ishsizlik darajasi; kam ta’minlangan aholi qatlamlarining ko‘lami; mehnat migrantlarining ko‘pligi; mehnat munosabatlari, mehnat sharoitlari, ish haqi tizimi; ijtimoiy kafolatlar, pensiya ta’minoti; 6.Ma’muriy omillar: davlat boshqaruvi tizimidagi kamchiliklar; byurokratiya, davlat xizmatchilarining kompetentlik va mas’uliyatlilik darajasi; tadbirkorliklarga ma’muriy bosim, xomiylik qilishga majburlash darajasi va boshqalar4. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling