Asosiy va aylanma fondlarning umumiy ishlab chiqarish fonlaridagi ulushi turli sohalarda turlicha bo’ladi. Masalan, asosiy fondlarning ulushi umuman sanoatda o’rtacha -75%, mashinasozlikda – 55-65%, neft qazib olish sanoatida – 97%, neftni qayta ishlash sanoatida – 90%, gaz sanoatida -97% ni tashkil etadi. - Aylanma fondlardan rejaviy foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini mahsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta`minotini tashkil etish, texnika va texnologiyani takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jihatdan asoslangan va o`zlarining xususiyatlari bo`yicha ilg`or davr talabiga javob beradigan bo`lishlar zarur.
Moddiy resurslarni sarflash normalari turlicha bo`lishi mumkin: Moddiy resurslarni sarflash normalari turlicha bo`lishi mumkin: 2. Qo`llanish miqyosi bo`yicha normalar ikki xil: shaxsiy normalar va rasmiylashgan normalar bo`ladi. 3. Normalashtirilayotgan mablag`ning detallashtirish darajasi: tayyor mahsulot yoki uning ayrim qismlari bo`yicha ajratilishi mumkin. 4. Materiallarni detallashtirish bo`yicha yig`ma normalar, yiriklashgan normalar bo`lishi mumkin. 5. Moddiy resurslarni to`g`ri, oqilona sarflashni normallashtirish uchun ularning tarkibini belgilash katta ahamiyatga ega. Normalar tarkibida quyidagilar e`tiborga olinadi: mahsulot birligiga sarflanadigan foydali xomashyo va materiallarning miqdori. Zaruriy texnik chiqindi va boshqalar. Masalan, kiyim tikish jarayonida qiyqimlar chiqadi. Normalar tajriba, laboratoriya, texnikaviy, analitik, hisob, statistik usullar bilan tuziladi. Bu usullarning eng muhimi birinchisi hisoblanadi. Tashkil etilish usuliga qarab aylanma mablag`lar normalashtiriladigan va normalashtirilmaydigan mablag`larga bo`linadi. - Normalashtiriladigan aylanma mablag`lar korxonaning uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun kerak bo`lgan mablag`larning minimal miqdoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |