- Mineral-keramik qattiq qotishmalar
- Mashinasozlikda metallkeramik qattiq qotishmalardan tashqari qiyin suyuqlanadigan Al2O3, Gr2O3, SiO2, oksidlari asosida tayyorlanadigan arzon yangi asbobsozlik materiali ham ishlatiladi. Mineral-keramik materiallar tarkibida noyob va qimmatbaho volfram, kobalt kabi elementlar bo’lmaydi.
- Hozirgi vaqtda mikrolit deb ataladigan ЦМ-332, shuningdek termakorund kabi mineral-keramik materiallar keng qo’llaniladi. Ular qattiqligi (90-95 HRA), issiqlikka va yeyilishiga chidamliliga ko’ra qattiq qotishmalardan ustun turadi. Mikrolit uchun kimyoviy barqarorligining yuqoriligi va yetarli darajada mustahkam ekanligi xosdir. Mikrolit plastinkali asboblar ish jarayonida 1200 0C gacha qiziganda ham o’zining qattiqligini yo’qotmaydi. Shuning uchun ulardan cho’yan, rangli metall va ularning qotishmalaridan yasalgan buyumlarga, metallmas materiallarga katta tezlikda, kichik kesish chuqurligida surib tozalab va qisman tozalab ishlov berishda foydalanish yaxshi samara beradi.
Mikrolit plastinkalari quyidagi texnalogiya bo’yicha tayyorlanadi: tayyorlangan kukun shakllantiriladi, presslanadi, so’ngra 1750-1900 0C haroratda pishiriladi. Plastinkalarni bosim ostida qaynoq holda quyish yo’li bilan (shlaker usuli) ham olish mumkin. Asboblarning dastalariga plastinkalar kavsharlanadi yoki mexanik usulida mahkamlanadi. - Mikrolit plastinkalari quyidagi texnalogiya bo’yicha tayyorlanadi: tayyorlangan kukun shakllantiriladi, presslanadi, so’ngra 1750-1900 0C haroratda pishiriladi. Plastinkalarni bosim ostida qaynoq holda quyish yo’li bilan (shlaker usuli) ham olish mumkin. Asboblarning dastalariga plastinkalar kavsharlanadi yoki mexanik usulida mahkamlanadi.
- So’nggi vaqtlarda metall kesish asboblarining ish qismlariga yopishtirish uchun yangi o’ta qattiq asbobsozlik materiallari ishlab chiqish qo’llanilmoqda: ularga bor nitridi polikristtallari asosida yaratilgan elborlar (0,1; 05 va 10 markalari) va olmoslar kiradi. Bor kub nitridining polikristallari o’zining issiqbardoshligi bilan (1300 0C gacha) kesish asboblari uchun mo’ljallangan barcha asbobsozlik materiallaridan ustun turadi, chunonchi olmosdan 1,9 marta, tez qirqar po’latdan 2,3 marta, qattiq qotishmalardan 1,7 marta ustun turadi. Polikristallar uzunligi 3,5 - 8 mm, diametri 3-5 mm bo’lgan silindrik va sferik ko’rinishlarda tayyorlanadi. Polikristallar keskichlarning dastalariga montaj qilinib, vacuum ostida kavsharlash yoki polikristallni po’lat vtulkaga issiqlayin presslab kiritish yo’li bilan mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |