Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti metallar texnologiyasi yo’nalioshi 1-kurs k-08-22-guruh talabasi soburboyev maxmudjonning yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.93 Mb.
bet1/2
Sana02.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1243292
  1   2
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti metallar texnologiyasi yo’nalioshi 1-kurs k-08-22-guruh talabasi soburboyev maxmudjonning yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: cho’yan va ularning turlari. Reja: 1. cho’yanlar 2. cho’yanlarning turlari 3. cho’yanlarning xossalari 4. foydalanilgan adabiyotlar


Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi. CH. kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.

Choʻyan turlari

  • Oq choʻyan
  • Kulrang choʻyan
  • Bolgʻalanuvchan choʻyan
  • Mustahkamligi yuqori choʻyan
  • Yarim choʻyan

Bolg'alanuvchan cho'yan. Bolg'alanuvchan cho'yan kulrang
Cho’yanga qaraganda ancha plastik bo'lgan cho'yanning shartli nomidir. Bolg'alanuvchan cho'yan hech qachon bolg'alanmaydi. Bolg'alanuvchan cho'yan quymalari perlit-sementit strukturali oq cho'yan quymalarini uzoq muddat yumshatish yo'li bilan olinadi. Yumshatish vaqtida oq cho'yanning sementitda pag'a-pag'a (bodroqsimon) ko'rinishdagi grafitlar hosil bo'lib parchalanadi Devorining qalinligi 50 mm. dan katta bo'lgan quymalarni yumshatishda plastinka ko'rinishdagi keraksiz grafitlar hosil bo'ladi.
Yumshatishda oksidlanishdan saqlash uchun, oq cho'yan quymalari maxsus metall qutilarga joylanib, qum, po'lat, qirindi yoki shamot bilan to'ldiriladi. Oq cho'yanni yumshatish uchun 20-25 soat davomida 950- l 000°C temperaturagacha sekin qizdirish va uni bu temperaturada 10- l5 soat davomida uzoq muddat ushlab turishdan iborat.
Cho’yan turlari
Qotishma tarkibidagi uglerodning holati va shakli cho‘yan strukturasi va xossalarini belgilaydi, ana shunga qarab cho‘yan turlari quyidagicha bo’lishi mumkin, ya’ni:
a) agar uglerod qotishmada asosan kimyoviy birikma holida bo’lsa, bunday qotishmalar oq cho‘yanlar deb ataladi.
b) agar qotishmada uglerod sof grafit holida bo’lsa, grafitni shakliga qarab, qotishma kulrang, bolg‘alanuvchan, yuqori mustahkamlikka ega (juda puxta cho‘yah) bo’lgan cho‘yanlar deyiladi.
Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., bolgʻalanuvchan va juda puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Masalan, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) Ch.ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.
CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.
Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Ch. — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.— yeyilishga chidamli Ch., podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh Ch. — temperatura koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri temperaturada ishlaydigan Ch. armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Ch. — yuqori temperaturalarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha temperaturada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar jumlasiga kiradi.
Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Ch.; suyuq Ch.ga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.
Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling