Dt «Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» 60000
Kt «Hisoblangan foyda solig’i» 41250
Kt «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha foyda
solig’i yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar 18750
Bu holatda foyda solig’i bo’yicha tan olingan xarajatlarning bir qismi (45000 so’m)ni to’lash muddati uzaytirilmoqda. Bu summa korxona balansining joriy yoki uzoq muddatli majburiyatlar bo’limiga tegishli bo’lgan «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i yuzasidan muddati uzaytirilgan majbu-riyatlar» deb nomlangan moddasida aks ettiriladi.
Hisobot davrida to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini aniqlashda quyidagi holatlarga ahamiyat berilishi lozim:
hisobot davrida amaldagi soliq stavkasi;
foyda solig’ini to’lov manbaida ushlab qolish bilan bog’liq holatlar;
foyda solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlar;
Soliq stavkalari va ularni qo’llash bilan bog’liq maxsus holatlar har yili O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan e’lon qilib boriladi va uning 2017 yil uchun umumiy tartibda soliq to’lovchi bo’lib hisoblangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha belgilangan darajasi 7,5% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich auktsionlar o’tkazishdan, gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni, shuningdek norezidentlarni jalb qilish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi huquqiy shaxslar uchun 35% darajasida o’rnatilgan.
O’z ishlab chiqargan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almash-tiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksport-chi korxonalar uchun :
a) sotishning umumiy hajmida 15 % dan 30 % gacha bo’lsa – belgilangan stavka
30 % ga pasaytiriladi;
b) sotishning umumiy hajmida 30 % va undan yuqori bo’lsa - belgilangan stavka 2 baravariga pasaytiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida soliqqa tortiladigan bazasini kamaytirishga olib boruvchi xarajatlar keltirilgan. Ularga, masalan, quyidagilar kiradi:
Ekologiya, salomatlik va xayriya jamg’armalari, madaniyat, xalq taьlimi, sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga qilingan badal summasiga, lekin soliqqa totiladigan daromad(foyda)ning 1 % dan ko’p bo’lmagan miqdorda.
Do'stlaringiz bilan baham: |