Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Pul mablag’lari hisob-kitob operatsiyalari hisobining vazifalari quyidagilardan iborat
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Pul mablag’lari hisob-kitob operatsiyalari hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
pul mablag’lari bo’yicha xo’jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni o’z vaqtida rasmiylashtirish va ro’yxatga olish; xo’jalik operatsiyalarining analitik va sintetik hisobining to’liqligini hamda o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash; pul mablag’larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish; pul mablag’lari va ularning harakatini aks ettiruvchi axborotni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri, ishonchli aks ettirilishini ta’minlash. Xo’jalik sub’ektlarida pul mablag’lari, hisob-kitob operatsiyalarini to’g’ri tashkil qilish korxonalarning unumsiz xarajatlarni pasaytirishga olib keladi. Har bir xo’jalik sub’ekti o’z xo’jalik faoliyatida bevosita ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblarni, xo’jalik ehtiyoji uchun tegishli sarf-xarajatlarni naqd pul bilan amalga oshiradi. Bunday operatsiyalarni bajarishda albatta korxona o’z ixtiyoridagi naqd pullardan foydalanadi. Naqd pullar orqali hisob-kitob ishlarini amalga oshirish xo’jalik sub’ekti kassasi orqali amalga oshiriladi. Naqd pullarni qabul qilib olish, ularni saqlash va ishlatish bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari kassa operatsiyalari deyiladi. Xo’jalik sub’ektlari naqd pulni bevosita bankdan oladi, uni kassaga kirim qiladi va olingan pul mablag’larini belgilangan maqsadlar bo’yicha sarflaydi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim. Korxona kassasida faqatgina ma’lum belgilangan limit miqdoridagi pul mablag’lari saqlanishi mumkin. Hisob-kitob raqamidan kassaga olingan pullar korxona ishchi-xizmatchilariga ish haqi to’lash, mukofot, nafaqa berish, xizmat safari kabi xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Kassa muomalalari moddiy javobgar shaxs bo’lgan kassir tomonidan yuritiladi. Kassir lavozimiga ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan korxona mehnat shartnomasi bilan bir qatorda moddiy javobgarlik to’g’risidagi majburiyat ham tuzadi. SHartnomada kassir lavozimiga ishga qabul qilinayotgan shaxsning kassa, kassadagi naqd pullar hamda kassa operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha javobgarligi belgilanadi. Korxonaga bankdan naqd pul olish uchun chek kitobchasi beriladi. Xo’jalik sub’ekti ehtiyoji uchun pul olinishi uchun chek daftarchasining bir varag’i rasmiylashtiriladi. Unda bankdan olinadigan pulning miqdori va qanday maqsad uchun olinayotgani hamda oladigan shaxs, ya’ni kassirning familiyasi, ismi-sharifi ko’rsatilishi lozim. CHek kitobchasi varag’iga xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari hamda bosh hisobchisi imzo qo’yadi va bu imzolar bankdagi hisob-kitob raqamidan pul olishga ruxsat berilishini anglatadi. Pul mablag’larining harakatini rasmiylashtiruvchi asosiy hujjat kassa orderlari hisoblanadi. Naqd pul kassaga kassa kirim orderini rasmiylashtirish orqali qabul qilinadi. Bu order bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi. Kassa kirim orderida amalga oshirilgan muomalaga asos bo’lib xizmat qiladigan hujjatning raqami, sanasi ko’rsatiladi. Bunday hujjatlar jumlasiga chek daftarchasi varag’i, bildirgi kabilar kiritiladi. Kassadan pul berilishi kassa chiqim orderi bilan rasmiylashtiriladi. Bu order korxona rahbari va bosh hisobchi, kassir tomonidan imzolanadi. CHiqim orderida pul nima uchun berilgani ko’rsatiladi va unga asos bo’luvchi hujjat orderga qo’shib qo’yiladi. Orderlarga qo’shib qo’yilgan dastlabki hujjatlarga tegishli muomala sodir qilingandan so’ng (shu hujjatlar ikkinchi marta foydalanmasligi uchun) “Olingan” yoki ”To’langan” degan tamg’a qo’yiladi. Kassadan pul (pul berish haqidagi arizaga ko’ra) to’lov qaydnomasi asosida ham beriladi. Bu holda hujjatlarga kassa chiqim orderi o’rnini bosuvchi tamg’a qo’yiladi. Ish haqi, mukofot, nafaqa berish haqidagi to’lov qaydnomalarida korxona rahbari va bosh hisobchining pulni berish to’g’risidagi ruxsat yozuvi bo’lishi lozim. Kassa hujjatlari kassaga berilgunga qadar buxgalteriyada kassa kirim va chiqim orderlarini ro’yxat qilish jurnaliga yozib qo’yiladi. Ana shu jurnal yordamida korxonadagi buxgalteriya xodimlari kassa muomalalarini yuritish bo’yicha nazorat olib boradi. Korxonaning buxgalteriya xodimlar to’lov qaydnomalarida kassirlar tomonidan qayd etilgan yozuvlarni tekshiradi hamda ular bo’yicha berilgan va deponentga o’tkazilgan summalarni hisoblab chiqadi. Xo’jalik sub’ektining barcha naqd pul tushumlari va uning sarflanishi kassa kitobida hisobga olinadi. Har bir xo’jalik sub’ekti faqat bitta kassa kitobini yuritadi. Bu kitob varaqlari raqamlangan, ip o’tkazilgan va unga surg’uchli yoki mastikali muhr bosilgan bo’lishi lozim. Kassa kitobidagi varaqlar soni mazkur xo’jalik sub’ekti rahbari va bosh buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa kitobidagi yozuvlar ikki nusxada sharikli ruchkada qayd etiladi. Varaqlarning ikkinchi nusxasi yirtib olinadigan bo’lib, ular kassir hisobot berishi uchun xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxasi kassa kitobida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan raqamlanadi. Kassa kitobiga o’chirib yozish va izohsiz tuzatishlar kiritish man etiladi. Kiritilgan asosli tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek, bosh hisobchi yoki uning o’rnini bosadigan shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi. Har ish kuni oxirida kassir bir kunlik muomalalar yakunini hisoblaydi, kassada qolgan pullar qoldig’ini keyingi kun sanasiga o’tkazadi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga kassa kitobiga imzo chekib topshiradi. Kassa va kassa muomalalari bo’yicha dastlabki buxgalteriya yozuvlari kassa orderlarida amalga oshiriladi. Bu hujjatlarda kassa schyoti bilan aloqaga kirishayotgan schyotlar raqami ko’rsatiladi. Kassa muomalalari bo’yicha misollarni ko’rib chiqamiz. Joriy yilning 15 aprelь kuni hisob-kitob schyotidan kassaga ishchilarga ish haqi to’lash uchun 265000 so’m, xo’jalik xarajatlari uchun 40000 so’m va xizmat safarlari uchun 50000 so’m naqd pul olindi. 3 kundan so’ng, ya’ni 18 aprelь kuni kassadagi naqd pullarning sarflanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassir kassa hisobotiga kiritdi va kassadagi naqd pul qoldig’ini aniqladi. Ishchilarga ish haqi berish qaydnomasida 265000 so’m berilishi ko’zda tutilgan, olinganligini tasdiqlovchi imzo qo’yilgan ish haqi summalari esa 235000 so’mni tashkil qildi. Ish haqi olmagan bir ishchining ish haqi summasi yozilgan satrga kassir “deponent” belgisini qo’yib, qaydnomani yopdi. Xo’jalik xarajatlari uchun esa ekspeditor A. Hakimovga 40000 so’m pul berilganligini, xizmat safari uchun esa bosh muhandis Q.Azizovga 50000 so’m berilganligini tasdiqlovchi ikkita kassa chiqim orderlari mavjud. 15 aprelь kuni kassada pul olingunga qadar naqd pul yo’q edi. Kassir hisobotini kassa kitobida quyidagicha aks ettirdi: Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling