Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Moddiy (asosiy vositalar) va nomoddiy aktivlar


Download 2.91 Mb.
bet35/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Moddiy (asosiy vositalar) va nomoddiy aktivlar - bu bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalanadigan va qayta sotish uchun mo’ljallanmagan aktivlardir.
Moddiy aktivlarni eskirishi nuqtai nazardan uch guruhga ajratish mumkin:

  • eskirish xususiyatiga ega bo’lgan aktivlar - binolar, inshootlar, uskunalar, mebel, qurilmalar va shunga o’xshashlar;

  • emirilish xususiyatiga ega bo’lgan aktivlar - foydali qazilmalar, o’rmon boyliklari;

  • emirilish yoki eskirish xususiyatiga ega bo’lmagan aktivlar – foydalanish-dagi er.

Uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibida asosiy vositalar katta salmoqqa ega bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida katta rol o’ynaydilar. «Asosiy vositalar - moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida foydalaniladigan, hamda ijaraga berish uchun mo’ljallangan moddiy aktivlardir».
Asosiy vositalarning asosiy xususiyatlari - ulardan korxonalar ishlab chiqarish faoliyatida uzoq muddat mobaynida foydalaniladi yoki ular ijaraga berilishi mumkin. Ular xizmat muddati mobaynida o’zini natural-buyum shaklini saqlab qolidi va o’z qiymatini sekin-asta eskirish tariqasida kamaytirib beradi.
Asosiy vositalar tarkibi, xizmat muddati, qiymati va boshqa bir qator ji-hatlari bo’yicha turlicha bo’lishi ularni hisobga olishda ham o’z aksini topadi.
Asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati davomida davriy es-kirish hisoblab boriladi. Bir qator asosiy vositalarning barcha qiymati eski-rish yo’li bilan hisobdan chiqarib borilsa, boshqa bir turdagi asosiy vosi-talarning tugatish qiymatidan qolgan qismi eskirish tariqasida hisobdan chiqarib boriladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishda e’tibor beriladigan yana bir masala bu ularning qaysi birlarini eskirish summasini ishlab chiqarilgan mahsulot tan-narxi tarkibiga kiritish yo’li bilan qoplanadi-yu, qaysi birlarini qiymati foyda hisobidan koplanishini aniqlab olishdir. Bu masalalar o’z navbatida asosiy vositalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’lik xarajatlarni hisobga olishni to’g’ri aniqlash bilan ham bog’lik. Demak, asosiy vositalarni hisobga olishda quyidagi ikkita muammoni hal qilib olish lozim:

  • joriy hisobot davrida ular qiymatining qanday qismi hisobdan chiqariladi;

  • ularning balansda ko’rsatilgan qiymatini qoplanish summasi qanday hisoblanadi.

Bularni xal qilish, albatta, bir qator savollarga to’g’ri javob topishni taqozo qiladi. Bular jumlasiga asosan quyidagilar kiradi:

  • Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini qanday aniqlash kerak?

  • Asosiy vositalarning bir qismini xarajatlarga qanday olib borish kerak?

  • Asosiy vositalarni ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar hisobini qanday olib borish kerak?

  • Hisobda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketishini qanday ifodalash kerak?

Kutubxona fondlari, qishloq xo’jalik mashinalari va qurollari qiymatidan qat’iy nazar, asosiy vositalarga qo’shiladi.
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni turlari bo’yicha (natural buyum shakliga ko’ra) quyidagi gruhlarga ajratiladi:

  • er;

  • erni obodonlashtirish;

  • moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar;

  • binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;

  • mashina va uskunalar;

  • mebel va ofis jihozlari;

  • kompьyuter jihozi va hisoblash texnikasi;

  • transport vositalari;

  • ish hayvonlari;

  • mahsuldor hayvonlar;

  • ko’p yillik o’simliklar (daraxtlar);

  • boshqa asosiy vositalar;

  • konservatsiya qilingan asosiy vositalar.


Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling