Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish hamda qayta sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi. Investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni hisobga olish tartibi


Download 2.91 Mb.
bet60/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish hamda qayta sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi. Investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni hisobga olish tartibi

Amaldagi schyotlar rejasiga ko’ra joriy investitsiyalarning holati va harakatini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan:



Uzoq muddatli investitsiyalarning holati va harakatini hisobga olish uchun esa :
qimmatli qog’ozlar;
avlod korxonalarga investitsiyalar;
qaram korxonalarga investitsiyalar;
xorijiy kapitali mavjud korxonalarga investitsiyalar;
boshqa uzoq muddatli investitsiyalar kabi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan.
Investitsiyalarni sotib olish muomalalari yuqorida keltirilgan hisob-varaqlarning debeti va xarajat schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
Misol. Vaqtinchalik bo’sh mablag’idan 1 yilgacha muddat ichida unumli foy-dalanishni ko’zda tutgan «A» kompaniyasi tez rivojlanib borayotgan boshqa bir kompaniyaning nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 500 ta aktsiyasining har birini 1100 so’mdan, «Sek’yur invest» brokerlik tashkiloti orqali sotib oldi. Bu xizmat uchun brokerlik tashkilotiga shartnoma summasining 5% miqdorida, bank xizmati uchun esa 1 % miqdorida xaq to’ladi. SHunga ko’ra qisqa muddatli investitsiyaning xarid qiymati 583000 so’mni tashkil qildi.
[ 550000 +( 550000 x 5 % ) +(550000 x 1% )= 583000 co’m]
Bu xo’jalik muomalasiga buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
a) Pul mablag’lari o’tkazilganda
Dt «Brokerlik tashkiloti» 577500
Dt «Bank xizmati» 5500
Kt «Pul mablag’lari» 583000


b) Investitsiyalar qabul qilib olinganda
Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 583000
Kt «Brokerlik tashkiloti» 577500

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling