Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Dt «Zahira kapitali» 50000
Kt «To’lanadigan dividendlar» 50000 Qo’shilgan kapitalning «Tekinga olingan mulklar» ishchi schyoti jamiyatga o’zga tomonlardan tekinga berilgan mulklar (asosiy vositalar, nomod-diy aktivlar, qimmatli qog’ozlar va h.k) qiymatini aks ettirish uchun mo’ljallangan buxgalteriya o’tkazmasi rasmiylashtiriladi: Dt «Asosiy vositalar» Dt «Nomoddiy aktivlar» Dt «Qimmatli qog’ozlar» Kt «Tekinga olingan mulklar» Qo’shilgan kapitalning bu moddasidagi summa soliqqa tortiluvchi foyda bazasini aniqlashda ishtirok etadi. Korxona tomonidan davlat yoki boshqa moliyaviy tashkilotlardan olingan grantlar, subsidiyalar va jismoniy hamda huquqiy shaxslar tomonidan korxonaga ko’rsatilgan beg’araz yordam bilan bog’liq axborotlarning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun alohida shu nomdagi schyotlar mo’ljallangan. Grant (subsidiya) deb, maьlum bir loyihani amalga oshirish uchun davlat yoki milliy va xalqaro tashkilotlar (jamg’armalar) tomonidan iqtisodiyotning biror bir yo’nalishini rivojlantirish uchun korxonaga ma’lum shartlar asosida ajratilgan pul yoki resurslar ko’rinishidagi yordamga aytiladi. Buxgalteriya hisobining halqaro va milliy standartlariga ko’ra davlat subsidiyalari: aktivlar tarkibiga kiritiluvchi subsidiyalar daromadlar tarkibiga kiritiluvchi subsidiyalar Aktivlar tarkibida hisobga olinuvchi subsidiyalar ikki usulda tan olinadi. Birinchi usulga ko’ra ular maqsadli tushumlar sifatida e’tirof etilib, aktivning xizmat qilish muddati mobaynida eskirish summasi holida xarajatlarni kamaytirib boradi. Ikkinchi usulda, ularning summasi kelib tushayotgan aktivlar qiymatidan ayirib tashlanadi va grant (subsidiya) hisobiga olingan aktivlar korxona balansida sof qiymatda ko’rsatiladi. Bu usullardan foydalanish tartibi o’quv qo’llanmaning «Asosiy vositalar hisobi» bobida keltirilgan. Daromad tarkibiga olib boriladigan subsidiyalar «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ning «Boshqa daromadlar» moddasida hisobga olinadi. Davlat subsidiyalari va beg’araz yordami bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini hisobga olish tartibi «Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini yoritish» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy stan-dartida keltirilgan. Grant va subsidiyalar ajratilganligi to’g’risida rasmiy xabarnoma olinganda: Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling