3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab
Download 126.23 Kb.
|
3--Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital va mexnat sig’imkorligi, ikki omilli iqtisodiyot modeli, turli maxsulotlar ishlab chiqarishda ishlab
- (K/L). im
3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab chiqarish omillari nazariyasi va xalqaro savdoning daromadlar taksimotiga ta’siri (2 soat) Reja Kapital va mexnat sig’imkorligi, ikki omilli iqtisodiyot modeli, turli maxsulotlar ishlab chiqarishda ishlab chikarish omillarining ishlatish iintensivligi va uni aniklash. Mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan pa’minlanganlik darajasi va uni aniklash. Xeksher-Olin teoremasi. Leontyev statistikasi va uning mazmuni. Leontyev paradoksining asosiy xususiyatlari. Xeksher-Olin nazariyasida xalqaro savdoning daromadlar taksimotiga ta’siri. Kapital va mexnat sig’imkorligi, ikki omilli iqtisodiyot modeli, turli maxsulotlar ishlab chiqarishda ishlab chikarish omillarining ishlatish iintensivligi va uni aniklash. Leontyev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin nazariyasi shartlari amalda bajarilmasligini ko’rsatib berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh eng boy va kapital serob bo’lgan mamlakatlarning biri bo’lib, boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda mehnatga haq to’lash me’yori ham yuqori bo’lganligi bois ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga muvofiq ravishda kapital sig’imli tovarlarni eksport qilishi kerak edi. Leontyev bu gipitezani tekshirish uchun 1 million dollar qiymatiga ega bo’lgan eksportga mo’ljallangan tovarlar va shuncha qiymatli import bilan bevosita raqobat qiluvchi tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va ishchi kuchi zarurligini hisoblab chiqdi. U har bir sanoat tarmog’i kapital va ishchi kuchi sarfini hisobladi, bunda faqatgina tayyor mahsulotlar (masalan, avtomobillar) bilan cheklanmadi, balki oraliq mahsulotlar (po’lat, oyna, rezina) uchun ham kerakli hisob-kitoblarni amalga oshirdi. Shundan so’ng AQShning 1947 yildagi eksport tarkibidan foydalangan holda 1 million dollar summadagi eksport tovarlarga sarflangan kapital va mehnat xarajatlarining nisbatini hisoblab chiqdi. Leontyev AQShning shu yildagi import tarkibi bo’yicha (import tovarlari ro’yxatiga AQShda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar kiritilmadi) import o’rnini bosuvchi AQSh tovarlarini ishlab chiqarishga sarflangan kapital va mehnat xarajatlari nisbatini aniqladi. Amalda bir birlik AQSh importini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan kapital va mehnat nisbati - (K/L).im ni bir birlik AQSh eksportini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan kapital va mehnat nisbati - (K/L)x bilan solishtirildi. “Leontyev statistikasi” (Leontief statistic) nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq 1 tengsizlik bajarilsa har qanday mamlakat kapital serob, 2 tengsizlik bajarilganda esa mehnat serob mamlakat sanalishi mumkin. (K/L)im / (K/L)x < 1 (1) (K/L)im / (K/L)x > 1 (2) Leontyev, Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, eksport tovarlar import o’rnini bosuvchi tovarlarga (deyarli AQSh importi) nisbatan har bir ishchi kuchi hisobiga ko’proq kapital talab qilishini kutgan edi. Natija buning qarama-qarshisi bo’lib chiqdi: AQSh importining kapital sig’imliligi uning eksporti kapital sig’imliligidan 30 foizga ko’p chiqdi, bu esa AQSh kapital serob bo’lgan mamlakat emas, balki mehnat serob mamlakat ekanligidan dalolat berardi, ushbu holat mavjud tasavvurlarga umuman mos kelmas edi. Download 126.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling