3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab


Xalqaro savdoning standart modeli


Download 126.23 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi126.23 Kb.
#1609359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3--Mavzu

Xalqaro savdoning standart modeli
Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta’limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini o’rganishga ko’proq e’tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma’lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi mavzularda ko’rib chiqilgan klassik va neoklassik modellarni rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga ko’proq e’tibor qaratilishi lozimligiga bog’liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
Talab va taklif muvozanatining neoklassik postulatlariga asoslangan xalqaro savdoning standart modeli juda ko’plab iqtisodchilar-neoklassiklar harakatlarining qo’shilishi samarasidir, bu iqtisodchilar jamiyat miqyosidagi jami talabga alohida e’tibor karatishgan. Standart modelda foydalaniladigan asosiy tushunchalar turli yillarda irland iqtisodchisi Frensis Edjuort va kelib chiqishi Avstriyadan bo’lgan amerikalik iqtisodchi Gottfrid Xeberler tomonidan kiritilgan.
Klassik modellar talab va taklifdan chegaralangan doiradagi ma’lum bir tovarlar uchun foydalanilgan. Standart model esa bu doirani jami talab va taklifgacha kengaytirdi. Standart model bizga umumiy iqtisodiy nazariyasidan ma’lum bo’lgan hamda haqiqiy iqtisodiy vaziyatlarga ko’proq mos keluvchi o’rnini qoplash xarajatlarining ortib borishi to’g’risidagi qonuniyatiga tegishli daslabki shartlardan kelib chiqadi.
Ortib boruvchi o’rnini qoplash xarajatlari (increasing opportunity costs) har bir qo’shimcha 2-tovarni ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 1-tovarning miqdori doimiy emas, balki ortib boruvchi bo’lishligini nazarda tutadi.
2.3.1.-rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda o’zi nisbiy ustunlikka ega bo’lgan 1-tovarning har bir qo’shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar soni borgan sari ortib bormoqda.



Download 126.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling