3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab
Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish
Download 126.23 Kb.
|
3--Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdoning neytral o’sishi (neutral trade growth) — bu mamlakatlar o’rtasida savdo shartining o’zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining ortishidir.
Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish
2 .3.4-b rasm. Importni o’rnini qoplashga yo’naltirilgan o’sish Eksport narxlari tushadi, import narxlari esa ortadi. Bu O’zbekiston uchun savdo sharti yomonlashgani, Yaponiya uchun esa savdo sharti yaxshilanganidan dalolat beradi. Qaysi mamlakatda o’sish boshlangani emas, balki qaysi tovar ishlab chiqarishi ko’payganligi muhim hisoblanadi. 1-tovar ishlab chiqarishi Yaponiyada o’sganda ham bu holatning nisbiy taklif egri chizig’iga ta’siri xuddi yuqorigidek bo’lar edi. @ Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish (export-biased growth) — mamlakat eksport qiladigan tovar ishlab chiqarishini kengayishi bo’lib, bu savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib keladi. Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish har bir mamlakatda eksport tovarini – bizning misolimizda O’zbekistonda 1-tovar, Yaponiyada 2-tovar ishlab chiqarishini ko’payishi bilan aniqlanadi. Jahon bozoriga bu tovarlar taklifining ortishi nisbiy narxlarning pasayishiga olib keladi. Chunki har bir mamlakat nisbiy narxi ortib borayotgan import tovarlarini ilgaridek miqdorda sotib olish uchun nisbiy narxlari tushub borayotgan o’zlarining eksport tovarlarini yanada ko’proq miqdorda sotishga majbur bo’lishadi. Buning natijasida eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish mamlakat savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa, agar O’zbekiston va Yaponiyada mos ravishda import qilinadigan 2-tovar yoki 1-tovar ishlab chiqarishi ko’payadigan bo’lsa, nisbiy taklif egri chizig’i RS nuqtadan RS' nuqtaga ko’chadi. Natijada 1-tovarning nisbiy narxi (P1/P2)dan (P1/P2)'gacha ko’tariladi (2.3.4.-b rasm), bu O’zbekiston uchun savdo sharti yaxshilanib, Yaponiya uchun yomonlashishini anglatadi. @ Import o’rnini qoplashga qaratilgan o’sish (import-biased growth) — mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kengayishi bo’lib, bu savdo shartini savdo hamkorlar uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi. Import o’rnini qoplashga qaratilgan o’sish har bir mamlakatda import bilan raqobat qiluvchi tovar – bizning misolimizda, O’zbekistonda 2-tovar, Yaponiyada esa 1-tovar ishlab chiqarishining o’sishi bilan belgilanadi. Bu tovarlar ichki ishlab chiqarishining o’sishi eksport nisbiy narxlarining ortishiga, import nisbiy narxlarining pasayishiga olib keladi, chunki har bir mamlakat mustaqil ravishda ishlab chiqarayotgani bois an’anaviy import tovarlarini kamroq xarid qila boshlaydi. Importga talabning qisqarishi natijasida import tovarlar nisbiy narxi tushadi, binobarin savdo sharti savdo hamkorlari uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi. Savdoning neytral o’sishi (neutral trade growth) — bu mamlakatlar o’rtasida savdo shartining o’zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining ortishidir. Download 126.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling