3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab


Download 126.23 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi126.23 Kb.
#1609359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3--Mavzu

4. Xeksher-Olin nazariyasida xalqaro savdoning daromadlar taksimotiga ta’siri.

• Tovar yoki sof barter savdo shartlari (commodity, net barter terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining yoki barcha tovarlar bo’yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.


ToT = Px/Pim


• Daromadni ifodalovchi savdo shartlari (income terms of trade) — mamlakatning jami eksportdan kelgan tushum hisobiga qancha tovar import qila olishi salohiyatini ko’rsatuvchi indeks. Bu indeks tovar savdo shartlarini eksportning miqdor indeksi (Qx)ga ko’paytirish orqali hisoblanadi. Bu indeksning o’sishi eksportdan tushumni ortishi hisobiga import qilish salohiyati ortishini ko’rsatadi.


ToT = (Px/Pim) x Qx



• Omillar bilan bog’liq savdo shartlari (factor terms of trade) — import narxlarini bir yoki bir necha ishlab chiqarish omillarining samaradorligi bilan bog’lovchi, eksport tarmoqlarida samaradorlikni bir birlikka oshishi hisobiga qancha miqdorda qo’shimcha import qilish mumkinligini ko’rsatuvchi indeks. Bu ko’rsatkich tovar savdo shartlarini eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga (Qx) yoki ushbu mamlakatda eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksini import qilinayotgan mamlakat eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga nisbatiga (Qx/Qim) ko’paytirish orqali hisoblanadi.


ToT = (Px/Pim) x (Qx /Qim)

Xalqaro savdo va iqtisodiy o’sish orasidagi bog’liqlik hamisha jiddiy munozaralar uchun mavzu bo’lib kelgan: bir tomondan ishlab chiqarishni kuchaytirish eksportga yanada arzonroq tovarlar taklifini kengaytirishga va yangi bozorlarni egallashga olib kelishi mumkin, ammo boshqa tomondan esa, buning natijasida iqtisodiy o’sishning tezlashuvi tufayli mamlakatda yuzaga kelgan ustunliklar yanada arzon eksport narxlar orqali xorijga o’tib ketadi. O’sish, uning xalqaro savdoga ta’siri nuqtai nazaridan neytral, eksportni kengaytirishga qaratilgan va import o’rnini qoplashga qaratilgan bo’lishi mumkin. O’sishning xalqaro savdoga ta’siri qanday ishlab chiqarish omillari - eksportni kengaytirishga qaratilgan omillar yoki import o’rnini qoplashga qaratilgan omillarning o’sishi bilan aniqlanadi.


Faraz qilaylik, O’zbekiston va Yaponiya faqat 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqaradi.
Gorizontal o’qqa 1-tovarning nisbiy miqdorini uning o’sishini inobatga olgan holda (Q1+Q1')/(Q2+Q2'), vertikal o’qqa esa nisbiy narx (R1/R2)ni joylashtiramiz. Birinchi mamlakatda eksport qilinadigan 1-tovar ishlab chiqarishi keskin ko’payib kesin, bu holda uning taklifi ortadi va 2-tovarning nisbiy ishlab chiqarishi kamayadi. Nisbiy taklif egri chizig’i RS nuqtadan RS' ga ko’chadi. 1-tovarning nisbiy narxi (P1/P2)dan (P1/P2)'gacha tushadi (2.3.4-rasm)

.


Download 126.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling